🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Sevarmisan

1.9K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Sevarmisan
Koʻngling qulfin buzib kirsam,
Boʻronlardek toʻzib kirsam,
Soʻng umidim uzib koʻrsam
Yigʻlarmisan?
Kutarmisan?

Kulging qoʻshar jonimga jon,
Bir sevib yigʻlashing armon,
Men uchun yurakdan jonon
Yigʻlarmisan?
Sevarmisan?

Soʻngi bora yoʻqlab kelsam,
Poyinga bosh qoʻyib oʻlsam,
Mening telbam deya erkam
Yigʻlarmisan?
Sevarmisan?

Siqilsam taftingdan kuyib,
Kipriging ostidan toʻyib,
Yoshdan labingga suv quyib
Yigʻlarmisan?
Koʻnarmisan?

Sochlaring boʻynimda dorim,
Koʻnglimda yagona borim,
Yomgʻirdek bir bor bahorim
Yigʻlarmisan?
Yigʻlarmisan?

Soʻngi bora yoʻqlab kelsam,
Poyinga bosh qoʻyib oʻlsam,
Mening telbam deya erkam
Yigʻlarmisan?
Sevarmisan?

Soʻngi bora yoʻqlab kelsam,
Poyinga bosh qoʻyib oʻlsam,
Mening telbam deya erkam
Yigʻlarmisan?
Sevarmisan?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!