Radius 21 - Shekspir monologi

Ishonaman aytganlaring samimiy,
Lekin birdek tutolmaymiz mayl-ragʻbatni.
Ehtiroslar mahsulidir ahd ila paymon,
Ammo oʻsha olov bir kun soʻnar begumon.
Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin
Bir kun yerga shart uzilib tushmog’ tayin.
Yashash uchun qasamlarni unutish lozim,
Qasamlarki shosha-pisha ichamiz doim.
Yolgʻiz bitta ragʻbat uchun yashamaymiz bas,
Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas.
Alvon-alvon suratida sevinch va qaygʻu,
Bir-birini sovuradi, suradi yoxu.
Sevinch degan koʻrinadi qaygʻuga xira,
Qaygʻuning ham sevinch bilan ishi yoʻq sira.
Hamma narsa muvaqqatdir, foniydir hayhot,
Qaydan kelsin muhabbatning umriga sabot.
Kim kimniki buni hali yechmoq kerakdir,
Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni taqdir.
Yiqilganda doʻstlaring ham yuzin oʻgirar,
Yuksalganda dushmanlaring doʻst boʻlib turar.
Xoʻsh nimadir ataymi yo tasodifmi bu?
Kimki doʻstdan bezor boʻlsa uning doʻsti moʻl.
Doʻstga muhtoj boʻlib doʻstni oʻylagan odam
Oxir dushman qilib qoʻyar yolgʻiz doʻstni ham.
Boshlagandim oʻsha gapga qaytaman yana
Dunyo degan tuganmas bir tasodifxona,
Kerak payti bizning izmu-ixtiyordamas,
Orzu qilar, istak qilar, mahsuli qolmas.
Siz ikkinchi er qilishdan etsangiz xazar,
To birinchi bevalikka yetgunga qadar.
Taqdir shartlarga berolmay bardosh,
Tashlab ketdi mana yosh bir qalamqosh.
Bir deganda ketdi ham doʻst, ham sirdosh,
Oʻylab koʻr sababi nima? Ha maosh.
Masofa cheksiz, azizim mensiz,
Qaylarda qoldi endi bizni ahdu paymon.
Azizim mensiz, masofa cheksiz,
Umr boʻyi boʻlamiz pushaymon.
Poyimda dengiz, men esa sensiz,
Nega hayollarim narigi sohil tomon?
Poyimda dengiz, sohilda yolgʻiz,
Masofa bepoyon.
Masofa cheksiz, azizim mensiz,
Qaylarda qoldi endi bizni ahdu paymon.
Azizim mensiz, masofa cheksiz,
Umr boʻyi boʻlamiz pushaymon.
Poyimda dengiz, men esa sensiz,
Nega hayollarim narigi sohil tomon?
Poyimda dengiz, sohilda yolgʻiz,
Masofa bepoyon.
Masofa bepoyon…

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!