🎵 Qoʻshiq matnlari

Sarvar va Komil - Xazon

2K marta oʻqildi
Sarvar va Komil - Xazon
Qayt,
Sen yonimga qayt, mendan uzoqlashma.
Shu payt,
Baxtli kunlarim qayt, yiroqlashma.

Tun,
Yolgʻiz zulmat tun dardlarimla mahzun.
Uzun,
Qaygʻuli kunlarimdan yoʻq mazmun.

Balki endi farqi yoʻq,
Sevgidan najot yoʻq,
Baxt mendan kechgansan,
Unutib boʻlgansan.

Lek senga farqi yoʻq,
Mehring goʻyo yiroq,
Tuygʻularim sarson,
Sensiz umrim xazon.

Dard,
Yana usha dard, betinim hasrat,
Yuragimni qiynar.
Faqat bu yurak ezilar,
Baxtli oʻtgan kunlardan goʻyo ovunar.

Xazon,
Tuygʻularim xazon, nega yana azob
Atrofim egallar?
Yigʻlar, orzularim yigʻlar,
Yuragim senga tinmay shoshilar.

Balki endi farqi yoʻq,
Sevgidan najot yoʻq,
Baxt mendan kechgansan,
Unutib boʻlgansan.

Lek senga farqi yoʻq,
Mehring goʻyo yiroq,
Tuygʻularim sarson,
Sensiz umrim xazon.

Yana xazonlar,
Yana usha kuz yomgʻirlar,
Tinmay eslatar,
Seni bu sogʻinchli kunlar.
Tomchi koʻz yoshlar,
Usha vaʼdalar qilar alam.

Balki endi farqi yoʻq,
Sevgidan najot yoʻq,
Baxt mendan kechgansan,
Unutib boʻlgansan.

Lek senga farqi yoʻq,
Mehring goʻyo yiroq,
Tuygʻularim sarson,
Sensiz umrim xazon.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!