Sherali Joʻrayev - Ketma bahor

Bahor kelsa boshlanar bogʻda bulbul хonishi,
Saʼva, qumri nagʻmasi, suralay tovlanishi,
Qirlarda navroʻz sayli, lolalarning yonishi,
Toʻxtamay tabiatdan haqqushlar zorlanishi.
Ketma bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan,
Ketma bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan.
Qilmishi qingʻir zotga davr qayda, davron qayda,
Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?
Yolgʻiz otga olamda nom qayda, nishon qayda,
Bahor, sensiz sahroyu togʻu toshga jon qayda?
Ketma bahor, mening bogʻimdan,
Bahor, ketma mening bogʻimdan.
Ketma bahor, mening bogʻimdan-ey,
Mening bogʻimdan.
Maysadagi shudringlar kimlarning koʻz yoshlari?
Giyoh bilan qoplanmish koʻhna qabr toshlari.
Bu yerda yotar otam yo qir-elatdoshlarim,
Har bahor eslar uni qavmu qarindoshlarim.

Mening bogʻimdan, mening bogʻimdan.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!