🎵 Qoʻshiq matnlari

Vohid Abdulhakim - Yomgʻir

3.5K marta oʻqildi
Vohid Abdulhakim - Yomgʻir
(Bir nafaslik yoʻl ekan ikki dunyo orasi,
Koʻz oʻngimdan hech ketmas koʻzlaringni qorasi.
Kuz yaprogʻi singari xazonlarga aylanding,
Qiyomatga qoldi-mi, endi diydor chorasi)

Yuzimga tomchilab yogʻardi yomgʻir,
Ichimdagi dardim bilardi yomgʻir. (x2)
Tosh qotgan yurkani oʻyardi yomgʻir.

Shu yomgʻir ostida abadiy qolsam,
Yigʻlarmisiz, azizam, dunyodan oʻtsam. (x2)

Ishonmang bu qadar tirikligimga,
Zulmatga ziyodek yorishib ketsam. (x2)
Ertaga qayerdan toparsiz mani,
Xokisor tuproqqa qorishib ketsam. (x2)

Beparvo qaramang, kulyapti-ku deb,
Guldek yashab, guldek ochilib-soʻlsam. (x2)
Nogahon esib, qayirsa shamollar,
Qolasiz, xazondek toʻkilib ketsam.
(Toʻkilib ketsam, toʻkilib ketsam)

Ishonmang bu qadar mening umrimga,
Shu kunim mazmunli etolsangiz, bas. (x2)
Ertangi kunlarga atalgan mehriz,
Balki, bu kundan soʻng menga kerakmas. (x2)

Yuzimga tomchilab yogʻardi yomgʻir,
Ichimdagi dardim bilardi yomgʻir.
Tosh qotgan yurkani oʻyardi yomgʻir

Shu yomgʻir ostida abadiy qolsam,
Yigʻlarmisiz, azizam, dunyodan oʻtsam. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!