🎵 Qoʻshiq matnlari

Rayhon - Oʻrtamizda

1.4K marta oʻqildi
Rayhon - Oʻrtamizda
Quyoshli kunlar oʻtar,
Qushlar ham uchib ketar,
Bizning quyoshli damlar
Nahot bizni tark etar?

Quyoshli kunlar qaytar,
Qushlar ham qoʻshiq aytar,
Qaytarmikan oʻshanda
Bizning quyoshli paytlar?

Oʻrtamizda sahro –
Kezib oʻtib boʻlmaydi,
Oʻrtamizda daryo –
Suzib oʻtib boʻlmaydi.

Oʻrtamizda devor yoʻq,
Oʻtib lekin boʻlmaydi,
Oʻrtamizda gʻubor yoʻq,
Lekin yetib boʻlmaydi.

Oʻrtamizda sahro,
Oʻrtamizda daryo,
Oʻrtamizda devor yoʻq,
Oʻrtamizda gʻubor yoʻq,
Yetib boʻlmaydi.

Uchrashmasak hamki,
Koʻngillar yaqin,
Uchrashganda, jonim,
Koʻzlarda chaqin.

Uchrashmasak hamki,
Dil uzib boʻlmas,
Uchrashganda, jonim,
Qoʻl choʻzib boʻlmas.

Oʻrtamizda sahro –
Kezib oʻtib boʻlmaydi,
Oʻrtamizda daryo –
Suzib oʻtib boʻlmaydi.
Oʻrtamizda devor yoʻq,
Oʻtib lekin boʻlmaydi,
Oʻrtamizda gʻubor yoʻq,
Yetib boʻlmaydi.
Oʻrtamizda sahro,
Oʻrtamizda daryo,
Oʻrtamizda devor yoʻq,
Oʻrtamizda gʻubor yoʻq,
Yetib boʻlmaydi. (x2)Rayhon - Oʻrtamizda
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!