Zohirshoh Joʻraev - Eshigingdan

Kuz kelsa ham shoshib biz tomon,
Qor bossa ham borliqni butkul,
Koʻklam kelib ursa ham xandon,
Eshigingdan oʻtarman bir kun.
Koʻklam kelib ursa ham xandon,
Eshigingdan oʻtarman bir kun.
Sochlarimga tushsa hamki oq,
Peshonamni bossa ham ajin, (x2)
Kirganda ham bagʻrimga titroq,
Eshigingdan oʻtarman bir kun. (x2)
Mayli mani tanimasang ham,
Va koʻrmayin desang ham yuzim, (x2)
Yoshim yutib, boshim qilib xam,
Eshigingdan oʻtarman bir kun. (x2)
Eshigingdan oʻtarman bir kun… {x2}
Vaqtim yetib chiqsa ham jonim
Va dargʻamga yasalsa yakun,
Qabristonga tobut ichra jim,
Eshigingdan oʻtarman bir kun.
Qor bossa ham borliqni butkul,
Koʻklam kelib ursa ham xandon,
Eshigingdan oʻtarman bir kun.
Koʻklam kelib ursa ham xandon,
Eshigingdan oʻtarman bir kun.
Sochlarimga tushsa hamki oq,
Peshonamni bossa ham ajin, (x2)
Kirganda ham bagʻrimga titroq,
Eshigingdan oʻtarman bir kun. (x2)
Mayli mani tanimasang ham,
Va koʻrmayin desang ham yuzim, (x2)
Yoshim yutib, boshim qilib xam,
Eshigingdan oʻtarman bir kun. (x2)
Eshigingdan oʻtarman bir kun… {x2}
Vaqtim yetib chiqsa ham jonim
Va dargʻamga yasalsa yakun,
Qabristonga tobut ichra jim,
Eshigingdan oʻtarman bir kun.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!