🎵 Qoʻshiq matnlari

Mansurxon Nurmatov - Yor-yor

2.4K marta oʻqildi
Mansurxon Nurmatov - Yor-yor
Ushalmagan orzularim
Bagʻrim tilar yor-yor,
Ishq dardida kuyganlarim
Kim ham bilar yor-yor? (x2)

Yor-yor ayting yangalar –
Koʻngil qolsin yor-yor,
Boʻlib otash, alanga
Yurak yonsin yor-yor. (x2)

Ayirdilar parvo qilmay,
Yurakdagi sevgim bilmay,
Yor ham endi manga kelmay,
Bagʻrim oʻyar yor-yor.

Tanda dardim qiynar mani,
Taqdir shunday sinar mani,
Armon bilan siylar mani,
Koʻngil kuyar yor-yor.

Yor-yor ayting yangalar –
Koʻngil qolsin yor-yor,
Boʻlib otash, alanga
Yurak yonsin yor-yor. (x2)

Hijronlarga bardoshim yoʻq,
Yonimda bir sirdoshim yoʻq,
Yorim – mening quyoshim yoʻq,
Bagʻrim kuyar yor-yor.

Ushalmagan orzularim
Bagʻrim tilar yor-yor,
Ishq dardida kuyganlarim
Kim ham bilar yor-yor?

Yor-yor ayting yangalar –
Koʻngil qolsin yor-yor,
Boʻlib otash, alanga
Yurak yonsin yor-yor. (x4)
Yurak yonsin yor-yor.(x3)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!