Jasur Gʻoipov - Yana bir bor

Bir bor koʻrib uni ozdim aqlimdan,
Naqadar goʻzal, ketmas koʻz oldimdan.
Bir bor koʻrib uni yoʻqotdim birdan,
Topa olmasdan har kun sarsonman.
Izlamoqdaman bedor tunlar orasida seni,
Izlamoqdaman shaharning har bir nuqtasidan,
Izlamoqdaman butun olam ichra koʻzlaring,
Izlamoqdaman, lek topa olmayabman.
Oʻylamoqdaman uyqu yuq tunlarimda seni,
Oʻylamoqdaman qaydan topsam boʻladi qayta?
Oʻylamoqdaman qora koʻzlaring haqida tinmay,
Oʻylamoqdaman.
Yana bir bor,
Seni koʻrish nasib etsaydi bir bor,
Qilardim sani sevib qolganim izhor.
Yuragimda sen degan armonim bor,
Koʻrib bir bor. (x2)
Soʻnmoqdaman goʻyo vaslingni sogʻinganim sari,
Kelmaydi bir sado, seni qaylardan aytgin izlayin?
Oʻylayverib boʻldim ado, koʻzlaringa yetishmoq uchun,
Umid bormikin ammo, lek topa olmayabman.
Qay tarafimda roʻyo, seni endi qaydan izlayin?
Menga yaqinsan goʻyo, lekin yonimda yoʻqsan netayin?
Olisdan boʻlsa ham sado bergin seni izlab topayin,
Sogʻinch qilmoqda ado, sogʻinch qilmoqda ado.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!