Ummon - Sendan charchadim

Aytgin, qaylarda qoldi kulgular?
Soʻladi qoʻlingda gullar,
Soʻnib ketdi u tuygʻular.
Endi men seni sevmayman,
Sen meni sevmaysan.
Toʻydim yolgʻonlardan,
Toʻyding yolgʻonlardan.
Sen va men qilgan xatolar,
Ikkimiz ayirar, (hu-o hu-o hu-o ye-ye)
Men shuni angladim –
Sendan charchadim. (ho-o ho-o hu-o ye-ye)
Endi men senga ishonmayman,
Seni umuman sevmayman,
Xatolardan toʻyganman,
Kechirmayman! (x2)
Inson oʻzi sevadi bu dunyoda ne uchun?
Yetishganlariga shukr qiladi anglab qachon?
Bu dunyoda baxtga yetish aslida emas oson,
Lekin vaʼdalar beradi, eshitib boʻlasan hayron.
Goʻyo bir-birini sevadi jonidan ortiq,
Lekin xiyonat qiladi ahdini unutib.
Men esa guvohman, hammasin koʻrib turib,
Lekin aytolmasman, birovning baxtin buzib.
Orada bir-birining xiyonati sezildi,
Bir-birini eslashmasdi, aloqalar uzildi.
Endi qiz bolaga, bola esa qizga kerakmas,
Sevgisi esa xor boʻlib, yotar olmasdan nafas.
Shunday qilib ajraldi yana bitta ikki baxt,
Muhabbat yonib yigʻlardi, atrofda esa nafrat.
Bir-biridan charchashgan, sevgi emasdir abad,
Bugun ular ajraldi, lekin boʻlib xiyonat.
Sen va men qilgan xatolar,
Ikkimiz ayirar, (hu-o hu-o hu-o ye-ye)
Men shuni angladim –
Sendan charchadim. (ho-o ho-o hu-o ye-ye)
Endi men senga ishonmayman,
Seni umuman sevmayman,
Xatolardan toʻyganman,
Kechirmayman! (x4)

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!