Gʻayrat Usmonov - Kuygan baxt

Yigʻlab-yigʻlab surnay aytdi toʻying boʻpti,
Yo bildi yo bilmay aytdi toʻying boʻpti.
Sengamidi olislardan kelgan yor-yor?
Mening baxtim kuygan payti toʻying boʻpti.

Bir yigitcha muhabbatim bor edi, yor,
Koʻzim oydek jamolingga zor edi, yor. (x2)
Kuygan koʻngil kuyugida yigʻlaydi ishq,
Menga sendan ayrilmoqlik or edi, yor.

Yo bildi yo bilmay aytdi toʻying boʻpti. (x2)
Bilganimda toʻy gulhanini yoqar edim, yor,
Oloviga oshiq jonni otar edim, yor. (x2)
Endi senga inson boʻlib boqsam xarom,
Olov boʻlib toʻyib-toʻyib boqar edim, yor.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!