🎵 Qoʻshiq matnlari

Rayhon - Baxtli boʻlaman

1.8K marta oʻqildi
Rayhon - Baxtli boʻlaman
Soʻrayman osmonimdan,
Soʻrayman yuragimdan –
Baxtiyor quvonchim qayda bor?
Baxtiyor kunlarim qayda bor?
Izlayman umrbod.

Baxt yiroqlardamisan?
Yo yaqinlardamisan?
Bogʻu-togʻlar ortidamisan,
Yoki tanu jonimdamisan?
Baxt qaydadir borsan.

Baxtli boʻlaman
Albatta qachondir,
Baxtli boʻlaman
Hayotimda man. (x2)

Tong nurlarin sochadi,
Tun bardoshim beradi.
Tunlar ichida qalbim vayron,
Qalbim ichida toʻla armon,
Baxtim nega kelmas?

Tonsam ham nega kelmas?
Yonsam ham nega kelmas?
Bundan ortiq chiday olmayman,
Netayin men chiday olmayman?
Baxt qaydadir borsan.

Baxtli boʻlaman
Albatta qachondir,
Baxtli boʻlaman
Hayotimda man. (x2)

Soʻrayman osmonimdan,
Soʻrayman yuragimdan –
Baxtiyor quvonchim qayda bor?
Baxtiyor kunlarim qayda bor?
Izlayman umrbod.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!