Yodgor Mirzajonov - Ayol

Sokin tunlar uygʻonar choʻchib,
Dildan umid shamlari oʻchib,
Orzu qilar beshigin quchib,
Yaratganga yolvorib zor-zor,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Koʻkka boqar koʻzi moʻltirab,
Dunyo emas, bir tirnoq tilab,
Qoʻgʻirchoqning boshin silab,
Oqshomlari, tunlari bedor,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Jismi-joni butun bir xasta,
Boʻm-boʻsh beshik tebranar asta,
Ming bir orzu ila havasda,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Boshdan tushib shoyi roʻmoli,
Yer mushtlaydi tang boʻlib holi,
Ovutolmay ovora yori,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Farzand deya boshi egik-xam,
Qor yogʻdirdi sochlariga gʻam,
Ey-voh, hatto tushlarida ham
Yurak-bagʻri ezilib nogoh,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Koʻkka boqar koʻzi moʻltirab,
Dunyo emas, bir tirnoq tilab,
Qoʻgʻirchoqning boshin silab,
Oqshomlari, tunlari bedor,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Tutib jajji barmoqlaridan,
Tangri bergan sinovlaridan,
Nur yogʻilsin yanoqlaridan,
Farzand koʻrib, baxt topsin ayol.
Farzand koʻrib, baxt topsin ayol. (x2)
Allasini kuylasin ayol.
Dildan umid shamlari oʻchib,
Orzu qilar beshigin quchib,
Yaratganga yolvorib zor-zor,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Koʻkka boqar koʻzi moʻltirab,
Dunyo emas, bir tirnoq tilab,
Qoʻgʻirchoqning boshin silab,
Oqshomlari, tunlari bedor,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Jismi-joni butun bir xasta,
Boʻm-boʻsh beshik tebranar asta,
Ming bir orzu ila havasda,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Boshdan tushib shoyi roʻmoli,
Yer mushtlaydi tang boʻlib holi,
Ovutolmay ovora yori,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Farzand deya boshi egik-xam,
Qor yogʻdirdi sochlariga gʻam,
Ey-voh, hatto tushlarida ham
Yurak-bagʻri ezilib nogoh,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Koʻkka boqar koʻzi moʻltirab,
Dunyo emas, bir tirnoq tilab,
Qoʻgʻirchoqning boshin silab,
Oqshomlari, tunlari bedor,
Farzand soʻrab yigʻlaydi ayol.
Tutib jajji barmoqlaridan,
Tangri bergan sinovlaridan,
Nur yogʻilsin yanoqlaridan,
Farzand koʻrib, baxt topsin ayol.
Farzand koʻrib, baxt topsin ayol. (x2)
Allasini kuylasin ayol.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!