Ulugʻbek Rahmatullaev - Yurak

Ey yurak, koʻp hovliqma,
Bas, koʻngin taqdir farmoniga.
Aslo yurak qilma havas,
Qasd qilguvchi oʻz joniga.
Ey yurak, yigʻlama yetar,
Bu alamlar bir kun bitar.
Mayliga yor ketsa ketar,
Begona yorning yoniga.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab oʻyganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab oʻyganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor.
Koʻzlarim yosh qildi xira,
Koʻzlarim ishq qildi xira.
Arzimas bevafo sira
Boʻlmoqqa dil armoniga.
Ey yurak, buncha oʻynama,
Bu jafokorni oʻylama.
Intilma endi, boʻylama,
Bezalgan yor ayvoniga.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab oʻyganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab oʻyganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor. (x3)
Ey yurak…
Bas, koʻngin taqdir farmoniga.
Aslo yurak qilma havas,
Qasd qilguvchi oʻz joniga.
Ey yurak, yigʻlama yetar,
Bu alamlar bir kun bitar.
Mayliga yor ketsa ketar,
Begona yorning yoniga.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab oʻyganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab oʻyganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor.
Koʻzlarim yosh qildi xira,
Koʻzlarim ishq qildi xira.
Arzimas bevafo sira
Boʻlmoqqa dil armoniga.
Ey yurak, buncha oʻynama,
Bu jafokorni oʻylama.
Intilma endi, boʻylama,
Bezalgan yor ayvoniga.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab oʻyganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab oʻyganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor. (x3)
Ey yurak…
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!