🎵 Qoʻshiq matnlari

Murodjon Ahmedov - Oʻrtar

3.3K marta oʻqildi
Murodjon Ahmedov - Oʻrtar
Agar oshiqligʻim aytsam, kuyub jonu jahon oʻrtar, (x2)
Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon oʻrtar. (x2)
Kishiga ishq oʻtidin zarrai yetsa, boʻlur giryon,
Boʻlub besabru betoqat, yurak-bagʻri chunon oʻrtar. (x2)
Nechuk toqat qilay, doʻstlar, bu dard ila boʻlub hayron,
Gʻamim boshqa, alam boshqa, yuragimni figʻon oʻrtar. (x2)
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
“Nigoro” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon oʻrtar.
Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay, (x2)
Tilim lolu koʻzum giryon, soʻngaklarni nihon oʻrtar. (x2)
Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin juda boʻlmoq,
Mening ohim oʻtigʻa bul zaminu osmon oʻrtar.
Yurakda dardu gʻam qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon oʻrtar.
Bu dard ila xarob oʻldum, kelib holimni soʻrmassan, (x2)
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon oʻrtar. (x2)
Bu Mashrab dardini, jono ki, hech kim boshigʻa solma, (x2)
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon oʻrtar. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!