🎵 Qoʻshiq matnlari

Sarbon guruhi - Qaylarda koʻrganman sani Z

2K marta oʻqildi
Sarbon guruhi - Qaylarda koʻrganman sani Z
Kulgan koʻzu chehrang bilan
Jodulading, dilbar mani, (x2)
Aytgin, tanishdaysan oʻzing,
Qaylarda koʻrganman sani? (x2)
Koʻpdan beri jon oʻtdadur,
Kuygan dilim qon oʻtdadur, (x2)
Orzuyu armon oʻtdadur,
Qaylarda koʻrganman sani? (x2)
Bir bor koʻrishga zor edim,
Topmay oʻzing nochor edim, (x2)
Ishqing bilan bemor edim,
Qaylarda koʻrganman sani? (x2)
Jooon.
Aytgil qilib janonalik,
Koʻrsam bosar hayronalik, (x2)
Qilma manga begonalik,
Qaylarda koʻrganman sani? (x2)
Solsang yiroqdan shoʻx nazar,
Bogʻlab koʻngil jon bol oʻpar, (x2)
Tushgay yodingga har safar,
Qaylarda koʻrganman sani? (x2)
Qaylarda koʻrganman sani? (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!