Muhriddin Xoliqov - Qizgʻaldogʻim

Qizgʻaldogʻim, qirdan boʻlak koshonang yoʻq,
Kokil yoysang, yerdan boʻlak toshoynang yoʻq,
Oʻksib-oʻksib turganingda oʻzim borib,
Peshonangdan oʻpay desam, peshonang yoʻq.

Qizgʻaldogʻim, qizgʻaldogʻim, qizgʻaldogʻim.
Sen yigʻlasang, boshing silab, yomgʻir yogʻar,
Sening uchun koʻkda chaqmoq bulut sogʻar,
Hech kimsaga ishonmaydi seni bahor,
Begoyimsan, ammo beging, hamxonang yoʻq.

Yoningga men borolmasam, kech gunohim,
Bir yoʻqlab qoʻy, men dunyodan oʻtgan chogʻim, (x2)
Qabrim uzra hilpirab tur, qizgʻaldogʻim,
Muhammaddan boʻlak doʻsti devonang yoʻq.

Muhammaddan boʻlak doʻsting devonang yoʻq.
Qizgʻaldogʻim, qizgʻaldogʻim, qizgʻaldogʻim,

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!