🎵 Qoʻshiq matnlari

Ulugʻbek Otajonov - Nozlaringdan

3.2K marta oʻqildi
Ulugʻbek Otajonov - Nozlaringdan
Meni oʻzim aylanayin
Nozli yorim, nozlaringdan,
Nagʻmalaring, shoʻxliklaring,
Dilda borim, nozlaringdan. (x2)
Qadam bosib mayda-mayda,
Uning sari yondirasan,
Umrimni guldek yashnatgan
Gulbahorim, nozlaringdan.
Nozlaringdan, nozlaringdan,
Dilda borim, nozlaringdan.
Qarashlaring, shoʻxliklaring,
Dil bahorim, nozlaringdan.
Borligingdan, borligingdan,
Dilda borim, yorligingdan.
Kech-kunduz meni senga,
Seni menga zorligingdan.
Xumoriman soʻzlaringni,
Jonim olgan koʻzlaringni,
Kelaverar koʻrgim seni,
Aylanayin borligingdan.
Seni menga nozing yoqar,
Asaldek ovozing yoqar,
Jon oluvchi jilvalaring,
Shohsuvorim, nozlaringdan.
Bedor oʻtar zor tunlarim,
Seni qoʻmsar yana qalbim,
Orom olar xayollarim,
Jonim, menga yorligingdan.
Nozlaringdan, nozlaringdan,
Dilda borim, nozlaringdan.
Qarashlaring, shoʻxliklaring,
Dil bahorim, nozlaringdan.
Borligingdan, borligingdan,
Dilda borim, yorligingdan.
Kech-kunduz meni senga,
Seni menga zorligingdan. (x2)
Nozlaringdan…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!