🎵 Qoʻshiq matnlari

Олмас Оллоберганов - Бозургоний

1 daqiqa 3.6K marta oʻqildi
Олмас Оллоберганов - Бозургоний
Menga koʻrguzib necha qatlakima joningdan,
Yuzda xolu, zulfi, dudoqlaring.
Yoshirib necha mani xasta dil oʻrgulaman,
Nadur, ey pari, bu ibolaring?
Mani dardu-xajr ila zor etib,
Yetib oʻzgalarga daʼvolaring.
Qila boshlading manga zulmkim,
Sitam etdi jabru-jafolaring.
Ki vafoga vaʼdalar aylabon oʻrgulaman,
Qani vaʼdalarga vafolaring?
Agar oy charogʻini har kishi
Desa orazingga misolidin,
Yaqin anglagʻilki yoʻq ogohi oʻrgulaman,
Necha hubzi eshitma holidin.
Menga yaxshiroq koʻrinur valek voy-voy,
Gʻaming oʻzgalarning visolidan.
Alamim yuzi xati xolidan oʻrgulaman,
Qoshi-koʻzi nuqtai dolidin.
Senga ishq tuhmatin aylabon oʻrgulaman,
Meni chaqdi yuzi qarolaring.
Oh yor-ey, boʻyingdan, joningdan,
Meni chaqdi yuzi qarolaring.
Necha qilmading sitamingni kam,
Bilibon gʻamingni ziyodun-yo,
Mani rashk oʻti ila kuydurib,
Berib oʻzgalarning murodini-yo.
Karam etmading ne uchun koʻrib, voy-voy,
Bu buzuq koʻngulni savodini-yo? (x2)
Bu kim husni mulkining shoxi sen oʻrgilaman,
Eshit oshiq ahlining dodini.
Ki firoq siynasin chokidan oʻrgilaman,
Senga arz etar fuqarolaring.
Oh, yora boʻyingdan, joningdan,
Senga arz etar fuqarolaring.
Mening matlabim sening maqsading,
Neki boʻlsa ey buti muhtado.
Mening koʻnglim-u sening fikrating, boʻyingdan-o,
Sadafu-gavhar kabi qil gumon.
Mening yodim-u sening xotiring, voy-voy,
Dedi vola ul guli guliston.
Dilijoni fazli notavon,
senga muntazir koʻzi nigoron.
Hammadan koʻngulda muhabbating, oʻrgulaman,
Tunu-kun dilimda duolaring.
Oh yora aylanaman, boʻyingdan-o,
Tunu-kun dilimda duolaring.
Oh, oy, nozanin, yor-yora…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!