Diyor Mahkamov feat. Aziza Nizamova - Sevgimiz

Kimgadir yurak berib topsang gar iloj,
Kimgadir yurak berib topmassan iloj,
Ammo men seni koʻp,
Men seni hammadan koʻp sevdim.
Nega hech bir qalbdan seni sevishim,
Dunyolar kabi katta baxtim deyishim,
Ammo sen buni hech,
Sen buni hech bilmaysan, jonim.
Sevgimizning yoʻllari, uchrashtirgan kunlari,
Qanday boʻlsang shunday sevaman seni.
Bu shunchaki sevgimas, yoʻq sevgida tengimiz,
Yurakdan seni sevaman, jonim. (x2)
Men bilan bir umr yonimda boʻlgin,
Kunduzi nuring sochib, tunda oy kabi toʻlgin,
Lek sen meni koʻp,
Sen meni hammadan koʻp sevgin.
Harorat-la boqishing menga yetadi,
Seni koʻrsam qalbim gʻamni unutadi,
Aytmasang ham sevdim deb,
Aytmasang ham sevdim deb qalbim biladi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!