Dilfuza Rahimova - Devona qildi

Yillar bizni devona qildi,
Yoʻllar bizni ovora qildi, (x2)
Tovus kabi tovlanib sevgi,
Ikkimizni parvona qildi. (x2)
Yillar bizni devona qildi,
Yoʻllar bizni ovora qildi.
Koʻrishmasak sogʻinamiz,
Goh urushib, ogʻrinamiz,
Xayollarga berilib har kun,
Sogʻinch dilni mastona qildi. (x2)
Yillar bizni devona qildi,
Yoʻllar bizni ovora qildi.
Biz yetamiz baxtga, sevgilim,
Ogʻrimasin diling, oh dilim,
Sogʻinchlarsiz oʻtib har yilim,
Hijronlarga begona qildi.
Yor, koʻzlaring sirli koʻzguday, (x2)
Oy taratgan yuzing yogʻduday,
Sehrladi sevgi joduday,
Hijronlarga begona qildi.
Sehrladi sevgi joduday,
Hijronlarga begona qildi.
Yillar bizni devona qildi,
Yoʻllar bizni ovora qildi. (x2)
Yoʻllar bizni ovora qildi, (x2)
Tovus kabi tovlanib sevgi,
Ikkimizni parvona qildi. (x2)
Yillar bizni devona qildi,
Yoʻllar bizni ovora qildi.
Koʻrishmasak sogʻinamiz,
Goh urushib, ogʻrinamiz,
Xayollarga berilib har kun,
Sogʻinch dilni mastona qildi. (x2)
Yillar bizni devona qildi,
Yoʻllar bizni ovora qildi.
Biz yetamiz baxtga, sevgilim,
Ogʻrimasin diling, oh dilim,
Sogʻinchlarsiz oʻtib har yilim,
Hijronlarga begona qildi.
Yor, koʻzlaring sirli koʻzguday, (x2)
Oy taratgan yuzing yogʻduday,
Sehrladi sevgi joduday,
Hijronlarga begona qildi.
Sehrladi sevgi joduday,
Hijronlarga begona qildi.
Yillar bizni devona qildi,
Yoʻllar bizni ovora qildi. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!