🎵 Qoʻshiq matnlari

Abdulla Ubaydullaev - Sen yoʻqsan

1.7K marta oʻqildi
Abdulla Ubaydullaev - Sen yoʻqsan
Tong otadi, sen yoʻqsan,
Kun botadi, sen yoʻqsan,
Tunda daydi xayollar
Uygʻotadi, sen yoʻqsan. (x2)
Dilim tanho, zor yigʻlar,
Yurakda bir or yigʻlar,
Kimdir intizor yigʻlar,
Kim kutadi, sen yoʻqsan. (x2)
Meni xayol aldaydi,
Ammo umid qoʻllaydi,
Dilda armon gullaydi,
Dard yutadi, sen yoʻqsan.
Tong otadi, sen yoʻqsan,
Kun botadi, sen yoʻqsan,
Tunda daydi xayollar
Uygʻotadi, sen yoʻqsan. (x2)
Bagʻrimda yongan choʻgʻsan,
Baxtimga nishon, oʻqsan,
Bir kuni bor dunyoyim
Unutadi, sen yoʻqsan. (x2)
Meni xayol aldaydi,
Ammo umid qoʻllaydi,
Dilda armon gullaydi,
Dard yutadi, sen yoʻqsan.
Tong otadi, sen yoʻqsan,
Kun botadi, sen yoʻqsan,
Tunda daydi xayollar
Uygʻotadi, sen yoʻqsan. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!