Gulsanam Mamazoitova - “Farzandim 2” filmiga soundt

Gulga tashlab ketdim deb,
Kulga tashlab ketdimmi?
Bolam, sening koʻzingni
Oʻzim yoshlab ketdimmi? (x2)
Mehrga zorim mani,
Oh, lolazorim mani,
Nigohing buncha maʼyus,
Bagʻrim ezding-ku mani. (x2)
Sen yiqilgan toshlarga
Men bosh ursam qaniydi,
Yalintirmay yomonga
Birga yursam qaniydi. (x2)
Mehrga zorim mani,
Oh, lolazorim mani,
Nigohing buncha maʼyus,
Bagʻrim ezding-ku mani. (x2)
Dilimdagi shunday dard
Hech qanday qiyosi yoʻq,
Onangning mehri yoʻqmas,
Onangning iloji yoʻq.
Butun dunyo bir boʻlib,
Ona mehrin yengmaydi,
Onang tirik, oʻksinma,
Ona ruhi oʻlmaydi.
Mehrga zorim mani,
Oh, lolazorim mani,
Nigohing buncha maʼyus,
Bagʻrim ezding-ku mani. (x2)
Kulga tashlab ketdimmi?
Bolam, sening koʻzingni
Oʻzim yoshlab ketdimmi? (x2)
Mehrga zorim mani,
Oh, lolazorim mani,
Nigohing buncha maʼyus,
Bagʻrim ezding-ku mani. (x2)
Sen yiqilgan toshlarga
Men bosh ursam qaniydi,
Yalintirmay yomonga
Birga yursam qaniydi. (x2)
Mehrga zorim mani,
Oh, lolazorim mani,
Nigohing buncha maʼyus,
Bagʻrim ezding-ku mani. (x2)
Dilimdagi shunday dard
Hech qanday qiyosi yoʻq,
Onangning mehri yoʻqmas,
Onangning iloji yoʻq.
Butun dunyo bir boʻlib,
Ona mehrin yengmaydi,
Onang tirik, oʻksinma,
Ona ruhi oʻlmaydi.
Mehrga zorim mani,
Oh, lolazorim mani,
Nigohing buncha maʼyus,
Bagʻrim ezding-ku mani. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!