Gulsanam Mamazoitova - Sensizligimdan

Uzun-uzun kechalar,
Maʼyus, mahzun kechalar,
Koʻngil hazin kuy chalar
Sensizligimdan.
Nolam tutunga toʻlar,
Olam kukunga toʻlar,
Bir kun ming kunga toʻlar
Sensizligimdan.
Tun qora, kunduz qora,
Oy, quyosh, yulduz qora,
Vujudim pora-pora
Sensizligimdan. (x2)
Parishon yoʻl kutaman,
Oʻzimni unutaman,
Dardni arang yutaman
Sensizligimdan.
Dardimga sherik qalam,
Qogʻoz birga chekar gʻam,
Yondirar alam, alam
Sensizligimdan.
Tun qora, kunduz qora,
Oy, quyosh, yulduz qora,
Vujudim pora-pora
Sensizligimdan. (x2)
Jonim azoblar firoq,
Boʻlsam, yor, sendan yiroq,
Zaʼfaron rangim, biroq
Sensizligimdan. (x2)
Tun qora, kunduz qora,
Oy, quyosh, yulduz qora,
Vujudim pora-pora
Sensizligimdan. (x2)
Maʼyus, mahzun kechalar,
Koʻngil hazin kuy chalar
Sensizligimdan.
Nolam tutunga toʻlar,
Olam kukunga toʻlar,
Bir kun ming kunga toʻlar
Sensizligimdan.
Tun qora, kunduz qora,
Oy, quyosh, yulduz qora,
Vujudim pora-pora
Sensizligimdan. (x2)
Parishon yoʻl kutaman,
Oʻzimni unutaman,
Dardni arang yutaman
Sensizligimdan.
Dardimga sherik qalam,
Qogʻoz birga chekar gʻam,
Yondirar alam, alam
Sensizligimdan.
Tun qora, kunduz qora,
Oy, quyosh, yulduz qora,
Vujudim pora-pora
Sensizligimdan. (x2)
Jonim azoblar firoq,
Boʻlsam, yor, sendan yiroq,
Zaʼfaron rangim, biroq
Sensizligimdan. (x2)
Tun qora, kunduz qora,
Oy, quyosh, yulduz qora,
Vujudim pora-pora
Sensizligimdan. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!