Manzura - Kelin

Oppoq libos yaltiraydi,
Ikki qoʻlim qaltiraydi,
Yonimdagi baxtli yigit
Sevolmayman – hech bilmaydi.
Erkalaydi soʻzlar bilan,
Lekin menga yoqmas aslo.
Ayrildim-ku men baxtimdan,
Nahot shunday yolgʻon dunyo?
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?
Axir uni sevolmayman,
Qanday qilib jonim deyman?
Qalbim yonib yigʻlaydi,
Dardim hech kim bilolmaydi.
Sevgi toʻla baxtli kunlar
Endi qaytib kelolmaydi.
Olisga qochgim kelar,
Endi qaytib boʻlmaydi hech.
Yorim boʻlsa ham yonimda,
Yolgʻizdekman kun va tun man.
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?
Toʻkiladi koʻzda yoshim,
Ayrilamiz endi biz.
Tugab boʻldi dilda sabrim,
Zor yashaymiz endi biz.
Oʻzim sevmas yigit bilan
Chimildiqqa kirdim yonib,
Yuragimda zor yigʻlaydi
Muhabbatim yolgʻiz qolib.
Axir uni sevmaymanku,
Qalbimga u begonaku,
Dardimni u bilmaydiku,
Sevganimdan ayrildimku.
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?
Axir uni sevolmayman,
Qanday qilib jonim deyman?
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?
Ikki qoʻlim qaltiraydi,
Yonimdagi baxtli yigit
Sevolmayman – hech bilmaydi.
Erkalaydi soʻzlar bilan,
Lekin menga yoqmas aslo.
Ayrildim-ku men baxtimdan,
Nahot shunday yolgʻon dunyo?
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?
Axir uni sevolmayman,
Qanday qilib jonim deyman?
Qalbim yonib yigʻlaydi,
Dardim hech kim bilolmaydi.
Sevgi toʻla baxtli kunlar
Endi qaytib kelolmaydi.
Olisga qochgim kelar,
Endi qaytib boʻlmaydi hech.
Yorim boʻlsa ham yonimda,
Yolgʻizdekman kun va tun man.
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?
Toʻkiladi koʻzda yoshim,
Ayrilamiz endi biz.
Tugab boʻldi dilda sabrim,
Zor yashaymiz endi biz.
Oʻzim sevmas yigit bilan
Chimildiqqa kirdim yonib,
Yuragimda zor yigʻlaydi
Muhabbatim yolgʻiz qolib.
Axir uni sevmaymanku,
Qalbimga u begonaku,
Dardimni u bilmaydiku,
Sevganimdan ayrildimku.
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?
Axir uni sevolmayman,
Qanday qilib jonim deyman?
Qanday uni yorim deyman,
Qanday uni zorim deyman?
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!