Tohir Sodiqov - Sevaman

Necha bor sevmayman deb men oʻzimga,
Shuncha bor adashdim boqib koʻzingga.
Yana sen, yana sening vasling aqlu-xayolimda,
Sen oʻchmas yagona mavzuyimsan umrimda.
Shoirlikda yoʻqdir maʼno, aniqdir yozganlarim,
Oddiyroqdir qoʻshigʻim ham, balki yoqmaydi.
Tasvirlashga soʻzim yoʻq, baholashga oʻrin yoʻq,
Orzu qilsam umid yoʻq, oʻzgarmasin hech narsa.
Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman.
Yodimda soʻnggi qilgan xatolarim,
Sevgi yoʻq, ishonmanglar deganlarim.
Endi-chi, tanirmi bu ahvolda meni doʻstlarim?
Tushunar yoki kularmikinlar, bilmadim.
Goʻyoki zanjirband qalbim endi sening mehringga,
Koʻrinmas kishanlar solgan ajib sehringga.
Taʼriflashga oʻrin yoʻq, baholashgachi sovrin yoʻq,
Bundan oʻzga chora yoʻq, oʻzgarmasin hech narsa.
Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman.
Nahot menmas, kimdir oʻzga
Asalim deb, seni erkalasa?
Alamdaman, sen befarqsan,
Kim bilansan?
Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman. (x2)

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!