Manzura - Judayam sogʻindim

Tanamning bir boʻlagi,
Qalbimning sokin zarbi –
Sening oʻzingsan faqat.
Koʻzlarimga qarama,
Tandan jonimni uzma,
Yoring boʻlay, ber fursat.
Soʻra mening oʻzimdan –
Kunduzingda kun boʻlay, hay.
Sen ustunsan jondan,
Tunlaringda oy boʻlay, hay.
(Judayam sogʻindim… judayam…
Mani jonim… sevgilim…
Sevgilim… Muhabbatim…)
Sogʻinaman seni eslab,
Sogʻinaman olam boʻylab, jonim.
Sogʻinaman har dam, har on,
Sogʻinaman dardim osmon, jonim.
(Oramizda teran dengizlar,
Yetib boʻlmas manzil-masofalar,
Osmonimni qopladi bulutlar,
Qara, qara.)
Nega rahming kelmaydi,
Chorlamaysan yoningga, hay?
Qalbim seni soʻraydi,
Sol nazar nochoringga, hay.
Sogʻinaman seni eslab,
Sogʻinaman olam boʻylab, jonim.
Sogʻinaman har dam, har on,
Sogʻinaman dardim osmon, jonim.
(Mani jonim, muhabbatim…
Mani jonim… Rostdan sogʻindim…
Sevgilim… Judayam sogʻindim…)
Qalbimning sokin zarbi –
Sening oʻzingsan faqat.
Koʻzlarimga qarama,
Tandan jonimni uzma,
Yoring boʻlay, ber fursat.
Soʻra mening oʻzimdan –
Kunduzingda kun boʻlay, hay.
Sen ustunsan jondan,
Tunlaringda oy boʻlay, hay.
(Judayam sogʻindim… judayam…
Mani jonim… sevgilim…
Sevgilim… Muhabbatim…)
Sogʻinaman seni eslab,
Sogʻinaman olam boʻylab, jonim.
Sogʻinaman har dam, har on,
Sogʻinaman dardim osmon, jonim.
(Oramizda teran dengizlar,
Yetib boʻlmas manzil-masofalar,
Osmonimni qopladi bulutlar,
Qara, qara.)
Nega rahming kelmaydi,
Chorlamaysan yoningga, hay?
Qalbim seni soʻraydi,
Sol nazar nochoringga, hay.
Sogʻinaman seni eslab,
Sogʻinaman olam boʻylab, jonim.
Sogʻinaman har dam, har on,
Sogʻinaman dardim osmon, jonim.
(Mani jonim, muhabbatim…
Mani jonim… Rostdan sogʻindim…
Sevgilim… Judayam sogʻindim…)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!