Yagona - Yurak

Sevgi asli beor boʻlarkan,
Inson sevsa bedor boʻlarkan.
Oʻylamasdan koʻngil qoʻyishning
Badalini bir-bir toʻlarkan.
Oʻylamasdan koʻngil qoʻyishning
Badalini bir-bir toʻlarkan.
Yurak degan lov-lov yonarkan,
Atirgulning bagʻri qonarkan,
Yonib-yonib bir parcha yurak
Bir hovuch kul boʻlib qolarkan. (x2)
Oʻz qotiling kechib qonidan,
Ketging kelmas ekan yonidan.
Nigohlaring botib qolarkan,
Chiqolmayin uning domidan.
Aqldan koʻz oʻzaman derkan,
Jon-taningni buzaman derkan.
Bu zamonda vafo qolmadi,
Sevgi faqat boshingni yerkan.
Yurak degan lov-lov yonarkan,
Atirgulning bagʻri qonarkan,
Yonib-yonib bir parcha yurak
Bir hovuch kul boʻlib qolarkan. (x4)
Inson sevsa bedor boʻlarkan.
Oʻylamasdan koʻngil qoʻyishning
Badalini bir-bir toʻlarkan.
Oʻylamasdan koʻngil qoʻyishning
Badalini bir-bir toʻlarkan.
Yurak degan lov-lov yonarkan,
Atirgulning bagʻri qonarkan,
Yonib-yonib bir parcha yurak
Bir hovuch kul boʻlib qolarkan. (x2)
Oʻz qotiling kechib qonidan,
Ketging kelmas ekan yonidan.
Nigohlaring botib qolarkan,
Chiqolmayin uning domidan.
Aqldan koʻz oʻzaman derkan,
Jon-taningni buzaman derkan.
Bu zamonda vafo qolmadi,
Sevgi faqat boshingni yerkan.
Yurak degan lov-lov yonarkan,
Atirgulning bagʻri qonarkan,
Yonib-yonib bir parcha yurak
Bir hovuch kul boʻlib qolarkan. (x4)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!