Shahboz va Navroʻz - Aybim seni sevganim

Bir daqiqaga qani endi seni unutolsam,
Qalbim toʻridan qani endi seni oʻchirolsam,
Seni unuta olsam.
Lek ilojim yoʻq, taqdir aybdormikin, bilmayman,
Ne boʻlganda ham vaqtni orqaga qaytarolmayman,
Aybim yuva olmayman.
Aybim – seni sevganim,
Nahot shuncha jazoga loyiqman?
Bilmay koʻngil qoʻyganim,
Jazoim mana – bugun sensizman,
Bedorlikda yolgʻizman. (x2)
Kunlarim oʻtar, lekin nimadir umid uygʻotar,
Tasavvurimda goʻyo baribir u menga qaytar,
Sevishin yana aytar.
Bularning bari ovunishim uchun oddiy sabab,
Qancha urinmay sogʻinaman suratiga qarab,
Qalb etar uni talab.
Tuygʻu nahotki qalbimga olib kirsa qaygʻu,
Axir kutganim – faqatgina intilish ezgu.
Sababi bir inson qalbimga joylangan,
Hayotim mazmuniga ham aylanib ulgurgan.
Nahotki, sevib qolish shunchalar ham aybmidi?
Muhabbat deganlari faqatgina dardmidi?
Ne uchun bu dardlar bunchalar uzundan uzun?
Qachongacha kunu tunlarim oʻtadi mahzun?
Hali qancha sinovlar kutmoqdadir oldinda,
Qachon uni butkul oʻchiraman hayotimdan?
Axir bora-bora tugab bormoqda sabr-toqat,
Unutishimga nahotki topa olmadim matonat?
Kuchli boʻlishim kerak, axir hayotim davom etaverar,
Bu degani emas hammasi tamom.
Baribir sensizlikka koʻnikishim kerak,
Lekin bunga nega qarshilik qiladi yurak?

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!