🎵 Qoʻshiq matnlari

Tamila - Layli

1.5K marta oʻqildi
Tamila - Layli
Lol yor mening koʻzlarim
Sizni har koʻrganda,
Muhabbatingizga
Men izhor boʻlay.
Yor, yurakda hayajon
Siz deb har urganda,
Siz choylar ichsangiz,
Men novvot boʻlay.
Laylini izlamang olisdan,
Sevishda Laylidan oʻtaman.
Siz oldin Majnun boʻlib seving,
Shunda orzuimga yetaman. (x2)
Oy kabi tunda boru,
Kunduzi qaydasiz?
Men sahro, siz daryo,
Sizga tashnaman.
Siz ayting, qachon meni
Yorim deb aytasiz?
Oʻzim oʻz sevgimga
Yolgʻiz oshnoman.
Laylini izlamang olisdan,
Sevishda Laylidan oʻtaman.
Siz oldin Majnun boʻlib seving,
Shunda orzuimga yetaman. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!