Samandar Hamroqulov - Choyimning shakari

Boʻlarim boʻldi, jonim,
Falakka yetdi ohim,
Taʼriflab boʻlmas holim,
Tingla, qarogʻim.
U tarafda oʻtar umrim,
Kerakdan ortar ishqim,
Qoʻlimdan kelmas korim,
Sensiz ardogʻim.
Hey, mohitabonim,
Yurakdan ketma imkonim,
Kel, juftimga aylan,
Tinchimni topay.
Hey, jahli farmonim,
Badandagi darmonim,
Kel, taxtimga aylan,
Davrimni suray.
Hey yigit, naqding qayda?
Kuyarim koʻp bu kuyda.
Boʻladi peshonada bori,
Boraman, qoʻyaman nuqta.
Xayolimni jamlolmayman,
Ovozimni ayamayman,
Olamdan berkitmayman
Sevishimni, yor.
Sen shu kunning mazmuni,
Choyimning shakari,
Totgan taomimning shirin taʼmi.
Bilganingdami, bu dunyoning bori,
Sen bilan birga goʻzal, jonim.
Falakka yetdi ohim,
Taʼriflab boʻlmas holim,
Tingla, qarogʻim.
U tarafda oʻtar umrim,
Kerakdan ortar ishqim,
Qoʻlimdan kelmas korim,
Sensiz ardogʻim.
Hey, mohitabonim,
Yurakdan ketma imkonim,
Kel, juftimga aylan,
Tinchimni topay.
Hey, jahli farmonim,
Badandagi darmonim,
Kel, taxtimga aylan,
Davrimni suray.
Hey yigit, naqding qayda?
Kuyarim koʻp bu kuyda.
Boʻladi peshonada bori,
Boraman, qoʻyaman nuqta.
Xayolimni jamlolmayman,
Ovozimni ayamayman,
Olamdan berkitmayman
Sevishimni, yor.
Sen shu kunning mazmuni,
Choyimning shakari,
Totgan taomimning shirin taʼmi.
Bilganingdami, bu dunyoning bori,
Sen bilan birga goʻzal, jonim.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!