🎵 Qoʻshiq matnlari

Shahzoda - Xayollarim

1.6K marta oʻqildi
Shahzoda - Xayollarim
Sahroda yellar unsiz esadi,
Samoda oy ham yolgʻiz kezadi,
Kuzgi barglarni yomgʻir uzganda
Sogʻinib yurak seni izladi.

Xayollarim shoshilar senga,
Xayollarim talpinadi bir oʻzingga,
Kechalari koʻkda yulduzlar,
Har biri oʻz baxtini izlar,
Xayollarim olib ketar oʻzimni senga.

Hayot oʻtarkan cheksiz yoʻllardan,
Yashil bogʻlardan, gohi choʻllardan,
Meni bir zumga yolgʻiz qoldirma,
Sensiz koʻz yoshim qolar gullarda.

Xayollarim shoshilar senga,
Xayollarim talpinadi bir oʻzingga,
Kechalari koʻkda yulduzlar,
Har biri oʻz baxtini izlar,
Xayollarim olib ketar oʻzimni senga.

Sevinchga toʻlar dunyo sen bilan,
Baxtim, taqdirim, sevgim ham sen bilan.

Xayollarim shoshilar senga,
Xayollarim talpinadi bir oʻzingga,
Kechalari koʻkda yulduzlar,
Har biri oʻz baxtini izlar,
Xayollarim olib ketar oʻzimni senga.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!