Uzatilgan qiz (Hikoya) Tavsiya etamiz

Nazira tez-tez soatiga qarab
qoʻyar, yuragi xovliqardi.
Kichkintoylar esa bogʻcha
opasining yuz-koʻzlaridagi
shoshqinlikni tushunmas, maza
qilib oʻynashar edi. Ota-onalar
ham bolalarining koʻngliga
qarab:
– Boʻldi, endi charchadilaring,
bayram tugadi, uyga keta
qolaylik, – demasdi.
Bogʻcha hovlisida sharlar uchadi,
musiqa jaranglaydi, bolakaylar
qiyqirishadi…
"Hozir diplom yoqlab chiqsa…
hamma dugonalarining ota-
onalari guldastalar koʻtarib kutib
turishgan boʻlsa… Madinam
oʻksib qolarmikan?Axir, avvallari
oddiy imtihonlarda ham gul
koʻtarib borardim… "Turmushga
berdi-yu, onam
shundayshodiyona kunim –
diplom yoqlaganimda ham
kelmadi”, deb koʻngli qabaradi-
da endi”…
Bu xayol Naziraga tinchlik
bermayotgan boʻlsa-da, ishini
tashlab keta olmasdi. Ertalab eri:
– Madinaga bora olarmikansan?
– deb soʻraganida:
– Albatta, bolalar bilan birpas
darang-durung qilsak bas-da,
keyin boʻshman, – degandi.
Bu gapidan soʻng eri ham bir
dunyo ishni rejalashtirgandir.
…Xullas, bolalarni tarqatguncha
Naziraning bir xayoli qizida
boʻldi. Ishini yakunlagach, ming
istihola bilan qiziga qoʻngʻiroq
qildi. Nazarida, Madina
universitet xiyobonining bir
burchagida yigʻlab oʻtirgandek
edi.
– Qizim…
– Opajon… – Madinaning
ovozidagi jarang Naziraning
gursillab urayotgan yuragiga sal
taskin berdi. – Meni tabriklang,
diplomimni "aʼlo”ga himoya
qildim. Ustozimiz:
– Ota-onangga rahmat, qizim, –
dedi.Adajonimga yetkazib
qoʻying.
– Hozir qaerdasan? Bormoqchi
edim..
– Yoʻq, yoʻq, ovora boʻlmang,
opajon. Oyijonim, dadajonim,
kuyovingiz hammasi shu yerda…
Siz charchagansiz… Oʻzingizga
qarang.
– Ha, shunaqami? Qudalarimga
salom de! Rahmat ayt ularga…
Nazira telefon tugmasini bosdi.
"Ularborishibdi…”, deya
shivirladi, lekin koʻziga "duv-
duv” yosh keldi.
Ishdan qaytar ekan, ichidagi
hissiyotlarni oʻzi tushunmasdi.
"Xursand boʻlishim kerak, yolgʻiz
qolmabdi. Toʻydan atigi bir oy
oʻtdi. Bir oyda qadr topibdi”,
derdi-yu, ichida bir oʻksinish
kezinar, aziz bir narsasidan
ayrilgandek boʻshashib,
darmonsizlanar edi. Uyiga kelib,
Madinaning xonasiga kirdi.
Divaniga oʻtirib, suyanchiqlarini
siladi. Yaqindagina qizini ertalab
uygʻotgani kirardi:
– Tur, qizim, oʻqishga kech
qolasan, –derdi. Madina yuziga
kitobni yopib, sochlari toʻzgʻib
uxlab yotardi.
– Yana… besh daqiqa, oyi, atigi
besh daqiqa, – deb koʻzini
ocholmasdi.
– E, xudoyim, erta-indin
birovning eshigiga borasan.
Sahar turib, hovli supurishning,
nonushta tayorlashing kerak. Bu
yotishing boʻlsa, ikki haftada olib
kelib tashlashadi, – deya
jigʻibiyron boʻlar, Madina:
– Hozir uxlab olaveray-chi,
oʻshanda bir gap boʻlar, – deya
erkalanardi. Endi shu erkatoy
qizi.. begonalarga qiz boʻldimi?
– Ha, opa, buncha boʻshashib
oʻtiribsiz?
Qancha yigʻladi, ovundi, oʻgʻli
Umidjon oʻqishdan qaytgach,
uning ovozidan xayol toʻrlari
uzildi.
– Opang…
– Ha, "aʼlo”ga yoqlabdi,
tabrikladim.
– Birrov borib kelsakmikin, har
holda, hayotida katta voqea roʻy
berdi. Ataganimiz bor edi, – dedi
Nazira.
– E, nima qilasiz, oʻz holiga
qoʻying! Yaqinda pochchamning
tugʻilgan kuni ekan, borarmiz, –
dedi Umidjon.
"Yoʻq, Madina kutadi. Shunday
kunida onasini kutmasligi
mumkinmi?” Nazira oʻgʻlining
"hay-hay”lashiga qaramay,
oshxonaga kirib pishir-kuydirni
boshlab yubordi. Hafsala bilan
qilinayotgan tayyorgarlik
nihoyasigayetgach:
– Umidjon, meni taksiga kuzatib
qoʻy! – dedi.
– Opa, avval qoʻngʻiroq qiling!
– Nima, oʻz qizimni yoʻqlashga
ham ruxsat soʻraymanmi? Sen
bola rosa dangasa boʻlibsan,
oʻzim ketaveraman boʻlmasa!
Nazira shunday dedi-yu, yana…
qoʻngʻiroq qildi. Musiqa,
shovqin…
– Madina, uydamisizlar?
– Yoʻq, opa, kuyovingiz bilan
himoyamni yuvyapmiz. Oyijon,
dadajonlarim "Rosa
charchadingiz, bolam, avval toʻy,
soʻng imtihonlar, himoya, bir
yayrab oʻtiringlar”, deyishdi…
Madina baqirib gapirar edi.
– Mayli, bolam… yaxshi
oʻtiringlar!
Naziraning tomogʻiga nimadir
tiqilgandek boʻldi. Oshxonaning
issigʻini endi sezgandek edi.
Derazalarni ochib tashladi.
– Ha, opa, yuring, kiyinib
chiqdim, – dedi Umidjon.
– Bormas ekanmiz… – Zoʻrgʻa
oʻzini bosib gapirdi Nazira. –
Kafeda ekan pochchang bilan…
– Aytdim-ku sizga… Yoshlarga
shon-sharaflar… Iya, opa, sizga
nima boʻldi? Yigʻlayapsizmi?
Arazladingizmi? Yuring, oʻzim
aylantirib kelaman…
Nazira oʻgʻliga suyanib baralla
yigʻlab yubordi.
– Ana xolos, oʻzingiz "Tezroq shu
qizimni egasiga topshirib, tinsam
edi”, derdingiz-ku. Endi egasida
tinsa… qizgʻanyapsizmi?
Nazira nima deyishini bilmasdi.
Oʻqitdi, shu qiz uchun yelib-
yugurdi, oʻzini unutdi, endi shu
ekan-da…
– Yoʻq, borgan joyida tinsin,
oʻshalarga yulduzini issiq
koʻrsatsin Xudoyim… Men…
shunchaki…
Nazira "hiq-hiq”lab zoʻrgʻa
gapirdi.
– Bu – boshqa gap, opa! Keling,
ikkovimiz maza qilib
ovqatlanamiz. "Birovning
nasibasini birov yeya olmaydi”,
degan mashoyixlar.
Pishirganingiz – oʻzimizning
nasiba ekan!
Umidjonning ovozi uyni toʻldirdi.
Nazira koʻzida yosh bilan
jilmaydi.
qoʻyar, yuragi xovliqardi.
Kichkintoylar esa bogʻcha
opasining yuz-koʻzlaridagi
shoshqinlikni tushunmas, maza
qilib oʻynashar edi. Ota-onalar
ham bolalarining koʻngliga
qarab:
– Boʻldi, endi charchadilaring,
bayram tugadi, uyga keta
qolaylik, – demasdi.
Bogʻcha hovlisida sharlar uchadi,
musiqa jaranglaydi, bolakaylar
qiyqirishadi…
"Hozir diplom yoqlab chiqsa…
hamma dugonalarining ota-
onalari guldastalar koʻtarib kutib
turishgan boʻlsa… Madinam
oʻksib qolarmikan?Axir, avvallari
oddiy imtihonlarda ham gul
koʻtarib borardim… "Turmushga
berdi-yu, onam
shundayshodiyona kunim –
diplom yoqlaganimda ham
kelmadi”, deb koʻngli qabaradi-
da endi”…
Bu xayol Naziraga tinchlik
bermayotgan boʻlsa-da, ishini
tashlab keta olmasdi. Ertalab eri:
– Madinaga bora olarmikansan?
– deb soʻraganida:
– Albatta, bolalar bilan birpas
darang-durung qilsak bas-da,
keyin boʻshman, – degandi.
Bu gapidan soʻng eri ham bir
dunyo ishni rejalashtirgandir.
…Xullas, bolalarni tarqatguncha
Naziraning bir xayoli qizida
boʻldi. Ishini yakunlagach, ming
istihola bilan qiziga qoʻngʻiroq
qildi. Nazarida, Madina
universitet xiyobonining bir
burchagida yigʻlab oʻtirgandek
edi.
– Qizim…
– Opajon… – Madinaning
ovozidagi jarang Naziraning
gursillab urayotgan yuragiga sal
taskin berdi. – Meni tabriklang,
diplomimni "aʼlo”ga himoya
qildim. Ustozimiz:
– Ota-onangga rahmat, qizim, –
dedi.Adajonimga yetkazib
qoʻying.
– Hozir qaerdasan? Bormoqchi
edim..
– Yoʻq, yoʻq, ovora boʻlmang,
opajon. Oyijonim, dadajonim,
kuyovingiz hammasi shu yerda…
Siz charchagansiz… Oʻzingizga
qarang.
– Ha, shunaqami? Qudalarimga
salom de! Rahmat ayt ularga…
Nazira telefon tugmasini bosdi.
"Ularborishibdi…”, deya
shivirladi, lekin koʻziga "duv-
duv” yosh keldi.
Ishdan qaytar ekan, ichidagi
hissiyotlarni oʻzi tushunmasdi.
"Xursand boʻlishim kerak, yolgʻiz
qolmabdi. Toʻydan atigi bir oy
oʻtdi. Bir oyda qadr topibdi”,
derdi-yu, ichida bir oʻksinish
kezinar, aziz bir narsasidan
ayrilgandek boʻshashib,
darmonsizlanar edi. Uyiga kelib,
Madinaning xonasiga kirdi.
Divaniga oʻtirib, suyanchiqlarini
siladi. Yaqindagina qizini ertalab
uygʻotgani kirardi:
– Tur, qizim, oʻqishga kech
qolasan, –derdi. Madina yuziga
kitobni yopib, sochlari toʻzgʻib
uxlab yotardi.
– Yana… besh daqiqa, oyi, atigi
besh daqiqa, – deb koʻzini
ocholmasdi.
– E, xudoyim, erta-indin
birovning eshigiga borasan.
Sahar turib, hovli supurishning,
nonushta tayorlashing kerak. Bu
yotishing boʻlsa, ikki haftada olib
kelib tashlashadi, – deya
jigʻibiyron boʻlar, Madina:
– Hozir uxlab olaveray-chi,
oʻshanda bir gap boʻlar, – deya
erkalanardi. Endi shu erkatoy
qizi.. begonalarga qiz boʻldimi?
– Ha, opa, buncha boʻshashib
oʻtiribsiz?
Qancha yigʻladi, ovundi, oʻgʻli
Umidjon oʻqishdan qaytgach,
uning ovozidan xayol toʻrlari
uzildi.
– Opang…
– Ha, "aʼlo”ga yoqlabdi,
tabrikladim.
– Birrov borib kelsakmikin, har
holda, hayotida katta voqea roʻy
berdi. Ataganimiz bor edi, – dedi
Nazira.
– E, nima qilasiz, oʻz holiga
qoʻying! Yaqinda pochchamning
tugʻilgan kuni ekan, borarmiz, –
dedi Umidjon.
"Yoʻq, Madina kutadi. Shunday
kunida onasini kutmasligi
mumkinmi?” Nazira oʻgʻlining
"hay-hay”lashiga qaramay,
oshxonaga kirib pishir-kuydirni
boshlab yubordi. Hafsala bilan
qilinayotgan tayyorgarlik
nihoyasigayetgach:
– Umidjon, meni taksiga kuzatib
qoʻy! – dedi.
– Opa, avval qoʻngʻiroq qiling!
– Nima, oʻz qizimni yoʻqlashga
ham ruxsat soʻraymanmi? Sen
bola rosa dangasa boʻlibsan,
oʻzim ketaveraman boʻlmasa!
Nazira shunday dedi-yu, yana…
qoʻngʻiroq qildi. Musiqa,
shovqin…
– Madina, uydamisizlar?
– Yoʻq, opa, kuyovingiz bilan
himoyamni yuvyapmiz. Oyijon,
dadajonlarim "Rosa
charchadingiz, bolam, avval toʻy,
soʻng imtihonlar, himoya, bir
yayrab oʻtiringlar”, deyishdi…
Madina baqirib gapirar edi.
– Mayli, bolam… yaxshi
oʻtiringlar!
Naziraning tomogʻiga nimadir
tiqilgandek boʻldi. Oshxonaning
issigʻini endi sezgandek edi.
Derazalarni ochib tashladi.
– Ha, opa, yuring, kiyinib
chiqdim, – dedi Umidjon.
– Bormas ekanmiz… – Zoʻrgʻa
oʻzini bosib gapirdi Nazira. –
Kafeda ekan pochchang bilan…
– Aytdim-ku sizga… Yoshlarga
shon-sharaflar… Iya, opa, sizga
nima boʻldi? Yigʻlayapsizmi?
Arazladingizmi? Yuring, oʻzim
aylantirib kelaman…
Nazira oʻgʻliga suyanib baralla
yigʻlab yubordi.
– Ana xolos, oʻzingiz "Tezroq shu
qizimni egasiga topshirib, tinsam
edi”, derdingiz-ku. Endi egasida
tinsa… qizgʻanyapsizmi?
Nazira nima deyishini bilmasdi.
Oʻqitdi, shu qiz uchun yelib-
yugurdi, oʻzini unutdi, endi shu
ekan-da…
– Yoʻq, borgan joyida tinsin,
oʻshalarga yulduzini issiq
koʻrsatsin Xudoyim… Men…
shunchaki…
Nazira "hiq-hiq”lab zoʻrgʻa
gapirdi.
– Bu – boshqa gap, opa! Keling,
ikkovimiz maza qilib
ovqatlanamiz. "Birovning
nasibasini birov yeya olmaydi”,
degan mashoyixlar.
Pishirganingiz – oʻzimizning
nasiba ekan!
Umidjonning ovozi uyni toʻldirdi.
Nazira koʻzida yosh bilan
jilmaydi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!