Qaytar dunyo

Shirakayf uch ogʻayni nimqorongʻuda "Mo''jiza" deb nomlanuvchi choyhonadan chiqishdi.
- Mashinani yoʻlning u chetiga qoʻyganman, - dedi Nodir tishlari orasidan "chirt" etib tupurib. - Yoʻl-yoʻlakay sizlarni uy-uylaringizga tashlab oʻtaman. Ular katta yoʻlni kesib, darahtlar orasidan oʻtishayotganda, nogironlar aravasidagi bir kishini tayogʻi bilan oʻtlarni paypaslayotganini koʻrishdi.
- Ie, bu odam nima qilib, adashib yuribdi, - dedi Nodir bepisand.
- Kechirasizlar, joʻralar, - dedi ojiz kishi. - Adashib qoldim. Maxallot koʻchasi tomon yoʻlga solib yuborsanglar, iltimos.
-Tavba, oʻzing koʻr boʻlsang, qorongʻuda koʻchada balo bormi, - dedi Nodir gʻudranib, - Mana bu tomonga yurasiz, - deya teskari tomonga burib yubordi uni.
- Bekor qilding, - dedi Jamshid, - ahir, ojiz odam boʻlsa...
- Ikkinchi bemaxalda koʻchalarda timirskilanib yurmaydi.
- Balki biror xojat bilan chiqqandir.
- Tashvishini eyishni qoʻy oʻshani. Yana surishtirib oʻz yoʻlini topib olar...
Ular mashinaga oʻtirib, koʻzdan gʻoyib boʻlishdi. Bu voqea ularning yodidan xam chiqib ketgan edi, lekin... Oradan uch oy oʻtib Nodirning hotinini toʻlgʻoq tutib, tugʻruqhonaga olib kelishdi. Shifohona eshigi oldida mashina kalitini oʻynab kelayotgan Nodirga onasi duch keldi.
- Xa, onajon, sizni nabira bilan tabriklasam boʻladimi?
- Bolam, hunuk habar. Hotining oʻgʻil tugʻdi. Lekin bola nogiron, ikki koʻzi xam ojiz. Xayronman, bizning urugʻdan bundaylar oʻtmagan.
Nodirning vujudi titrab, quloqlari gʻuvillay boshladi. Beihtiyor koʻz oldida oʻsha aravachadagi nogiron odam gavdalandi. Tili aylanmay toshday qotib qoldi...!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!