📖 Hikoyalar

“Dod”lamagan “Noqobil oʻgil” haqida

2 daqiqa 2.2K marta oʻqildi
“Dod”lamagan “Noqobil oʻgil” haqida
Kunlarning birida eng yaqin doʻstlarimdan birining otasi olamdan oʻtdi. Janaza boʻldi, tumonot odam yigʻildi. Doʻstimning oilasi tumandagi mashhur oilalardan biri ekanligi sababli yigʻinda koʻplab kishilarni uchratish mumkin edi. Mahallada taziyada qatnashmagan odam qolmadi. Hamma-hamma oʻsha joyda toʻplangan edi. Otasini tuproqqa topshirib qaytdik, doʻstimning uyiga borib bir oz suhbat qurmoqchi boʻldim. Sheriklarim har doim beriladigan anʼanaviy savollarni berishdi, anʼanaviy javoblarni olishib uy-uylariga tarqaldi. Birmuncha vaqt u bilan qolgim keldi. Gapirmadim, savollar bermadim, oʻtirdik, tamaki tutatdik.– Dadamning oʻlimiga tayyor boʻlib qoldim, koʻz oʻngimda soʻlib bordi, koʻzidan nur ketayotganini koʻrib turdimu hech narsa qila olmadim. Uch kun davomida muttasil salomatliklari ortga qarab ketdi. Toshkentdan doʻxtir kelishining hojati yoʻq deb turib olishdi. Qon bosimining yuqoriligidan miya tomirlari yorilib ketganmush.Shu gapni bazoʻr gapirdi-yu yana jimlik choʻki. "Bandachilik, sen nimayam qila olasan, hammasi Allohdan” degan gaplarni ichimda aytdim. Nimaga? Balki oldinroq aytganligim uchundir. Uyga qaytdim-u, kun davomida "Oʻlimga tayyor boʻlib qolish” haqida oʻylab yurdim. Nimagadir shu haqda oʻylasam koʻnglim gʻashlanaverdi.– Oʻrtogʻingiz …. Unaqa emasdilar-a? – dabdurstdan berilgan savoldan esankirab qoldim.– Qanaqa?– Diydasi qattiq, bemehr?Shundagina mahallaning ayollari toʻplanib janazada qatnashgan erlardan olgan informatsiyalarni oʻrtoqlashgani, kimning janazada yigʻlagani-yu, kimning kulgani, qancha odam kelgani, tobutni yelkaga olishganda qanday tartibsizlik yuzaga kelganligi ravshanlashdi. Sundagina doʻstim nima demoqchi boʻlganligini tushunib yetgandek boʻldim. Shundagina shaxs haqidagi hukmni tushunib yetgandek boʻldim. Shunda hammasini angladim. Shunda qoʻlimdagi piola devolga urilib chil-chil boʻldi, xotinning ogʻzi yarim ochigʻligicha qoldi.
Buvimni tuproqqa qoyayotganimiz koʻz oʻngimda gavdalandi, hamma yigʻlagan, ayollar dod solgan, nevaralar "Voy enam”lagan. Koʻzimda jiqqa yoshu, negadir baqira olmayman. Nevaralar safidan chiqib ayvon ustuniga suyanib turaman, kimdir qator oldiga surib olib oʻtadi, tandirxonadan oldinga surib olib kelishadi, oʻtinxonadan. Gapira olmayman ham, boʻgʻzimda nimadir tiqiladi. Buvimni olib chiqishdi, asta tobut yoniga yaqinlashib qoʻlimni tekkizdim-u yosh boladek hoʻngrab yubordim. Bu voqeadan ancha oʻtib yana bugun boʻgʻzimga nimadir tiqilib turibdi. Ehtimol oʻshanda "Voy enam”lab dod solmaganim uchundir, ehtimol meni ham uni hozirgacha sogʻinishimga, katta yigit boʻlib qolgan vaqtlarimda ham tizzalariga bosh qoʻyib uxlashimga, peshonamni soatlab silab oʻtirgan qoʻllarini qoʻmsashimga qaramasdan "Bemehr” deb xulosa qilishganini bugun anglab qolganim uchundir. Ehtimol doʻstimni eng yaxshi farzand boʻlishiga qaramasdan jamiyat (bugun u janazadagi "Dod”lamagan "Noqobil oʻgil” haqida uyga habar keltirgan erkaklar va bu habarni muhokama qilgan ayollardan iborat) "Bemehr” deb xulosa qilganligidandir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Onam
Hikoyalar

Onam

10-avgust, 20192.1K