📖 Hikoyalar

Kuydirgandim, oʻzim kuydim...

1.8K marta oʻqildi
Kuydirgandim, oʻzim kuydim...
Shahnoza, seni juda koʻrgim kelyapti. Yolgʻizlik iskanjasida qiynalyapman. Sovuq borliqni oʻz zabtiga olgan. Yana men yomon koʻrgan sovuqlar boshlandi. Xonam sovuqligidan koʻra yolgʻizlik koʻproq junjiktiryapti tanamni. Soʻnggi soʻzlaringni eshitib, quloqlarimga ishonmadim. "Meni unuting, boshqaga uylaning", deganding sira tap tortmay.
Mayli, seni-ku tinch qoʻyarman, lekin oʻz yuragimni, qalbimni tinchita olarmikinman?
Yoʻq, seni unutish qoʻlimdan kelmadi. Sen boshqasi bilan baxtli boʻlib ketsang-da, men baxtli boʻlolmadim. Meni kechir, senga koʻp ozor yetkazgandim. Endi esa oʻzim azobdaman. Ayriliq, hijron naqadar ogʻirligini, kutishning qanchalik qiyinoqligini endi his etyapman. Esingdami, seni koʻp kuttirardim. Mena endi oʻzim seni intizorlik bilan kutmoqdaman. Har kuni yoʻlingga mushtoq boʻlib koʻz tikaman.
Kelmasligingni bilsam-da umid uzmayman. Mayli, endi men uchun ham baxtli boʻl. Menday telba oshigʻingni unutma.
Shohrux MirzoToshkent shahri
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Onam
Hikoyalar

Onam

10-avgust, 20192.1K