📖 Hikoyalar

14 KUNLIK KELIN....Singilchani xayoti

7 daqiqa 94.1K marta oʻqildi
14 KUNLIK KELIN....Singilchani xayoti
Man hali 18 yoshgayam toʻlmagan edim. Hech qayerda oʻqimasdim uyda oʻtirardim maqtanish emasu chiroyli, odobli qiz boʻlganim uchun uyimizga sovchilar yogʻilib kelardi.

Birinchi iyul kuni dugonamni toʻyiga bordim. Sochlarim nihoyatda uzun edi. Hamma uzun socharimu qosh koʻzimga haridor boʻlardi.... Bu hatimni hozir yigʻlab yozyapman oʻsha birinchi iyul kuni qandaydir bir notanish yigit toʻyda yonimdan ketmadi, tinmasdan mani kuzatardi. Man odamovirogʻman. Odamlaga uncha qoʻshilmiman toʻydayam umuman davraga chiqib ,boshqa qizlaga oʻxshab oʻynamadim . Toʻylarga uncha bormasdim. Odam gavjum joyni yoqtirmiman… Hullas u yigitni obrosi baland ekan shekilli hamma egilib surashib hurmatini joyiga qoʻyardi, lekin man eʼtibor bermadim chunki man yigitlarga qiziqish bilan qaramasdim.

Toʻy juda chiroyli oʻtdi , kelin bilan bir mahallada oʻsganmiz yaqin dugonam edi... U yigit mahallamizdan mani koʻp surishtirgan ekan bilmiman nimaga aynan mani tanlagan nimaga ??? Hullas 2 kunni ichida mahalla koʻy qarindosh urug’ hamasini erinmasdan surishtirishgan ekan 3 iyul kuni oyisi uyimizga sovchilikka keldi man kutmagandim togʻrisi oʻglim koʻchada moshinada qarab turibdi degan gapini eshitib darrov derazadan qaradim ne koʻz bilann qarayki oʻsha yigit Astagfirullox hayron qolgandim Nimaga man ??? Oyisi ertasi kuni yana kelib bugun unashtirib ketamiz hoʻp deng deb oyimlaga iltimos qildi mani boshim aylanib ketti nimaga bunaqa tezlik bilan unashtirishmoqchi deb oyimla adasi qarindosh urug’ bilan maslahatlashaylik dedilar. Yigitni oyisi ertaga aniq javobilani aytilar deb ketti. Yigit astoydil manga uylanmoqchi ekan oyisi shunin un toʻyni tezlik bilan qilamiz dedi oilada bitta ogil boy badavlat kelishgan, obroli etiborli odamlani yolgiz bolasi.

Adasini butun shahar tanidi obroli odam , qarindoshla bilan maslahtlashishdi oʻsha kuni adamlar surishtirib koʻraman yaxshi yigit boʻlsa mayli dedila , mandan rozilik ham surab oʻtirmadilar, lekin oyimlar qizim judayam odobli aqlli hush toparman yigit ekan oilasi ham juda yaxshi odamlar ekan dedilar. Man hali oʻqishga kirishim kerak degandim yigitni oyisi toʻydan keyin oʻzimiz oʻqitamiz debdi. Hullas 10 iyul kuni mani unashtirishdi, yigit bilan 2 marta koʻrishdik, oʻsha kunlarni eslasam yashagim kelmaydi toʻgʻrisi, u mani yoqtirib qolganini surishtirib bilganini faqat toʻyni tezlik bilan qilish kerakligini aytdi man hayron edim nimaga bunchalik tezlik bilann uylanmoqchi ??? Lekin gapirishlari oʻzini tutishlari nihoyatda odobli har bitta gapni ham oʻylab gapirardi shunaqa aqlli ediki islomdan ilmi baland namoz oqir yuzidan nur yogilardi ismlari Sanjar edi.... Mani namoz oʻqishimni bilib judayam hursand buldilar.. bir marta koʻrganimdayoq oʻziga boglagan edi

Mani telefonim yoʻq edi, tutmasdim. Manga 10 kuni koʻrishganimizda telefon padarka qildilar telefon apparati ham nomerlarimiz ham bir hil edi. 14 kuni toʻy belgilandi.. 1 iyul kuni mani koʻrgan edila 14 kunda tezlik bilann toʻy qilishdi juda tez boʻldi toʻyimiz !!! Man baxtli edim Toʻyimiz judayam chiroyli havas qilsa arziguli toʻy boʻlgandi. Hamma kelin kuyovga havas qilardi, biz bir birimmizga judayam mos edik. Baxtli edik, ha Baxtli edik Toyni oʻtkazdk mani Mehribonim Sanjar aka mandan 10 yosh kotta edilar, lekin judayam mehribon nihoyatda rashkchi edilar koʻchaga umuman chiqarmasdila hijobga kirdim, odatda 7 kunli kelinla otasini uyiga 7 kuni borishi kerak lekin bir hafta boʻldiku uyimga borib kelay desam ruhsat bermadilar ertalabdan kechgacha yonimda boʻlganlar mani bir minutgayam yoʻlgʻiz qoʻymaganlar hayotimdan mamnun edim haqiqiy bahtimni topgandim essiz oʻsha kunlarim Baxtli kunlarim koʻpga choʻzilmadi atigi 14 kun ???

Mani suyangan togʻim mexribonim baxtim mani atigi 14 kungina man bilan birga baxtli yashagan edilar 14 kunda tezlik bilan toʻy qilib 14 kunda mani tashlab ketdila.... Yoshim 10 yosh kichgina boʻlganii uchun kotta qizim derdila toyimizga 14 kun boʻlgandi koʻchaga ish bilan chiqib ketayotgan edilar manga qarab aqlli qiz bpoʻlgin asal qizim kelgunimcha oʻzini ehtiyot qilgin koʻchaga chiqmagin bilasana mani deb hazillahsib kulib chiqib ketdilar .... Lekin qaytmadilar/ Sanjar aka tezroq kelin deb sms yozdim javob keldi; hop hayotim azgina sabr qilgin ok man uchun oʻzini ehtiyot qilgin ya tebya lyublu ,,,,, Lekin koʻchadan Avtohalokat uchragan Sanjar akamni oʻligi keldi, man tamom boʻldim hushimdan ketib qolgan ekanman uygonsam boshimda hamma toʻplanib olgan hovli toʻla odam uyimizda aza edi nima boʻlyapti tushunmasdim Sanjar akamni qidirardim ??? Lekin yoʻq nimaga bunaqa tez mani tashlab ketdila oʻylab tamom boʻlganman yangi kelin uyiga ilk marotaba aza libosda kelsa gʻalati ekan oyimlayam adamlaram tamom boʻlishdi

Bir tomonda oyim yigʻlardi yosh qizim beva qoldi deb bir tomonda adamlar urishar edila qaydanam guldek qizimni berdim 14 kunda beva qoldiku deb lekin birorta gap qulogʻimga kirmasdi man tamom boʻlgan edim hayotimni mazmuni shunaqangi oʻziga tez bogʻlab shunaqangi sevdirib darrov tashlab ketdi.
Nimaga shoshilib toʻy qilib toʻydan keyin ham uyimga joʻnatmasdan tunu kun parvona boʻlganini endi tushundim . Kongli sezgan ekan. Ha sezgan ekan shekilli mani birovlaga berib qoʻymaslik uchun darrov toʻy qildiyu tashlab ketdi. Mani vujudimda Sanjar akamni vorisi borligi bilib qaynonam qaynotam huddi oʻgʻillari qaytib kelgandek hursand boʻlibb ketishdi yeru koʻkka ishonishmadi mani Sanjardan yodgorimiz deb avaylashardi bir tomondan manga rahmlari kelardi yosh guldek qiz beva boʻlibb qoldi deb man hech boʻlmasa Sanjar akam uzidan yodgor qoldirib ketgani un ozimni qoʻlga oldim farzandimiz uchun lekin buyam koʻpga chozilmadi homilam 3 yarim oyda tushib qoldi

Hayotimni mazmuni yoʻq edi koʻp siqilishdan bolam ham tushib qoldi. Sanjar akamni uyida qololmasdim telba boʻlib qolgandim hamayog’ uni eslatardi oyimlar uyga olib ketdilar, iltimos oʻziga kelsin yana keladi deb ruhsat soʻrab opkettilar man tildan qolgandim ahvolim yomonlashib balnitsaga tushib qoldim. Hamasi judayam tezlik bilan boʻlldi koʻz ochib yumgunimcha toʻy aza hamasi oʻtib ketdi mana bir yildan ham otdi man olib qolmadim yashayapman holamni qizi chet elda yashaydi. Oʻzbekistonga kelganida ahvolim yomonligini koʻrib birga ket man bilan unutasan oʻzini qolga olishin kerak keyinchalik qaytib kelasan dedi uydegilar viza qilishdi birga ketdim mana 8 oydan beri Kareada yashiman unutib bularmidi 14 kun boʻlsa ham bahtli yashaganmanku baxtli edimku bir umrga tatigulik mehr bergan Sanjar akamni unutishni hayolimgayam sigdirolmiman har kun tushimga kiradilar har doim kulib man yonindamanku yiglama sabr qil deydilar tushimmi ongimmmi bilmiman har kechasi Sanjar akam yonimga keladilar balki havotir olib ruhlari kelar bilmadim

Xudo sabr berib yashayapman Alloxga iboat qilib sabr qilib man oʻzimni qolga oldim hayotim sal yolga tushyatgan edi lekin "Odno”dan profil ochdim, oʻrrtolarim bilan gaplashib turaman bollar uchunmas faqat oʻrtoqlarim bilan gaplashib turaman salom alik digandey.... bir kuni bir yigitga koʻzim tushib qoldi Astagfirullox Sanjar akamni oʻzi yigʻlavordim koʻrib ismi ham Sanjar ekan ha Sanjar man ishonmadim ismi ham qosh kozlari ham kulishlari ham koʻpiya dod deb yigladim rasmlarini birma bir kordim astagfirullox mani tashlab ketgan turmush oʻrtogimni oʻzi koʻzimga ishonmasdan opamga korsatdim opam ham manga qoʻshilib yiglavordi

Har kun shu bolani profiliga kirardim mani profilim zakrit hech kim koʻrmidi u bola Sanjar akamdek kelishgan emasu lekin judayam oʻxshidi ismi Sanjar ekanligini koʻrib shokka tushdim bir tasodif dedimda qoʻl siltab qoʻya qoʻldim, qaynonam qaynotam bilan gaplashib turaman qaynonam oz qizidey koradilar qizim sizga eshigimiz har doim ochiq kongliz tortgan payt keling deydilar Mani oyogʻim tortmaydi hammayoq Sanjar akamni eslatadi, mayli Alloxni sinovi deya hammasiga koʻz yumdim har kun Xudoga yolvoraman sabr bergin deya halol ibodatda yashashga nima yetsin man yolgizlikni tanladim Sanjar akamga hiyonat qilomiman konglimni ham oʻzlari bilan birga olib ketdilar.

Hayotimda 14 kun manga umrga yetgulik quvonch baht sevgi mehr muhabbat bergan insonim bilan Xudo nasib qilsa Jannatlarda uchrashamiz , bugun suyukligim Sultonim Sanjar akani tugilgan kunlari yuragim siqilib tolib toshib ketdi ota onam ham Kareaga kelishdi oilaviy yashayapmiz

Ota onam yaqinlarim yonimda sog’ salomatman Alloxga behisob wukur manga oʻxshab hech kim bevaqt hazon boʻlmasin hamma suyukli yori bilan bir umr baxt saodatda yashasin mani bahtim ota onam yaqinlarim borligida Alloxga behisob shukur !!! faqat suyukli insonim uzoqlarda.... mayli bu dunyoku,,, oʻtkinchi abadiy dunyoda Jannatlarda koʻrishish nasib etsin deb yashashda davom etaman .......!!!

14 kun bulsaham turmush oʻrtogimga suyukli yor sevimli rafiqa boʻldim qaynonam qaynotamni suyukli erka kelini boʻldim ozgina boʻl saham xizmatlarini qilib koʻngillarini oldim. Allox manga ozgina boʻlsa ham kelinlik bahtini nasib ayladi. Sanjar akamni oilasida Mehr muhabbat qadr topdim shuyam manga berilgan baht va sinov debb oʻyliman.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.