Hayotiy

“Uylanganimda qurilishda ishlar edim. Bilasiz, bunaqa joyda
ishlaganlar doim ishdan keyin “changyuvdi” qilishadi. Men xam qatordan qolmasdim. Ayolim u paytda faqat bomdod namozini oʻqirdi. Oʻzim
ichsam xam, namoziga qarshiligim yoʻq edi.Uning dindan oz-moz habari boʻlib, mengayam onda-sonda gapirib turardi. Shu gaplarining taʼsirida “jumavoy”ga aylandim. Ammo juma namozga chiqadigan odamning payshanba kuni ichishi durust emasligini oʻzim xis etdim. Shunday qilib, xar juma kuni juma namoziga boradigan, unga tayyorgarlikni esa, payshanbadagi “changyuvdi”ni tark qilishdan boshlar edim.Keyin-keyin jumadan keliboq ichish yuzsizlikday tuyula
boshladi. Oʻzimdan oʻzim uyaldim. Shunday qilib, payshanbaning yoniga jumayam qoʻshildi —“changyuvdi” ikki kunga qisqardi. Keyin chorshanba, seshanba, dushanbalar xam payshanbaga xamrox boʻlishdi. Faqat shanba – xaftaning ohirida ichishni tark qilish biroz qiyin boʻldi. Boshqa kunlarim payshanbaga qoʻshilish barobarida oʻzim xam hotinimga qoʻshilib bomdodni oʻqiy boshladim. Ammo hotinim mendan oldinda borardi – u besh vaqtga oʻtgan edi. Biz bahtli edik. Ayolimni ardoqlayman, u xam meni xurmat qiladi. Ammo, xech narsadan kamimiz yoʻq, deb aytolmayman, bunday deyishga bir kamimiz tilimni tishlatadi. Turmush qurganimizga etti yil boʻlgan esa-da, farzandimiz yoʻq edi. Bormagan duhtirimiz qolmadi. Xech biri ayb senda yoki hotiningda, degani yoʻq. Boshqa turmush qursanglar, ikkalangiz xam farzandli boʻlib ketasizlar, faqat bir-biringizga toʻgʻri kelmayapsiz, shunaqasi xam boʻlib turadi, deyishardi. Ikkalamiz bir-birimizga qarab moʻltiraymiz, ahir, yillar oʻtgan sari u meni, meni uni jondan ortiq koʻrib borardim.Shunday kunlarning birida hotinim:- Bir narsani siz bilan maslaxat qilmoqchiydim, - deb qoldi. Hayolimga darrov qoʻrqinchli narsa keldi.
- Nima ekan? – dedim shumshayib.
- Men Olloxdan farzand soʻrab, “Agar farzand bersang, xijobga kiraman”, deb vaʼda bermoqchiman... Siz shunga qarshilik qilmaysizmi?Yomon gapni kutib turganimgami, hotinimning bu gapidan hursand boʻlib ketdim. Xatto xijobga kirishiga rozilik beraturib, “Agar farzand bersa, men xam ichishni butkul tashlab, besh vaqt namozga oʻtaman”, deb yubordim! Hullas, ikkimiz shu kecha shartlashdik: agar Hudoyim bizga farzand bersa, u xijobga kiradi, men ichishni tashlab, besh vaqt namoz oʻqiyman!Shu axd bilan tongni ottirdik. Ertalab birga bomdodni xam oʻqidik. Namozdan keyin hotinim: “Bir narsani oʻyladim”, deb qoldi.
- Hoʻsh?
- Bizning Olloxga shart qoʻyishga xaqqimiz bormikan? Sen bizga farzand bersang, xijobga kiraman yoki namoz oʻqiyman, deyishga xaqqimiz bormikan? Toʻgʻrisi, bunday shart qoʻyganimga uyalib ketyapman. Yahshisi, men xijobga kiray, Olloxim menga farzand bersin...
Ayolim bu soʻzlarni koʻzda yosh bilan aytdi. Aytganlari mening xam miyamga tepdi. Uyalib boshladim.
- Toʻgʻri aytasan, - dedim, - bizning Olloxga shart qoʻyishga xaqqimiz yoʻq. Men xam shu bugundan ichishni butkul tashlayman-da besh vaqt namozga kiraman. Mukofotini esa, Oʻzidan soʻrayman!Olloxga shart qoʻyganimdan bir uyalgan boʻlsam, ayolimning aqli etgan narsaga men erkakning aqli etmaganiga ikki uyaldim. Shu kundan xayot tarzimiz oʻzgardi. Farzand koʻrish extiyoji xam armonga emas, ishonch va hotirjamlik ogʻushidagi allanechuk shirin bir sogʻinchga aylanib qoldi. Men ibodatimdan masrur edim. Shu bilan birga, Ollox tez kunda bizga farzand berishiga qatʼiy ishonch xam bor edi.Oʻziga beadad shukurlar boʻlsinki, oʻsha kundan bir yil oʻtib, sakkiz yil deganda qizlik boʻldik. Shu paytga qadar farzand bermaganigayam shukurlar qildim.Angladimki, U mendan pok zurriyodlar chiqarishni hoxlagan, shuning uchun xam xarom-harish eb-ichib yurgan maxalimda farzand bermagan. Oʻziga ming-ming shukurlar boʻlsin. Qizning ortidan esa, oʻgʻil bilan xam siyladi...
Mana azizlar..farzand kurish maksadida. Allohga tavakkal kilgan va uning farzlarini bajargan bir oilaning kanday yutukka erishganining guvohi buldingiz.
Men ham bu vokeani eshitib uzimning bilib-bilmay kilib kuygan hatoyimni anglab etdim..
Men bir osiy banda.. uzim anglamagan holda Allohga shart kuygan ekanman,yaʼni uy-joy kilsam,mashina olsam. kurbonlik suyaman deb niyat emas,Allohga shart kuygan ekanman. Biz osiy bandalar avval Allohga ataganimizni inʼom etib,hamma farzlarini bajarib keyingina Allohdan iltijo kilib surashimiz kerak ekan.
Bilib-bilmay kilgan gunohlarimizni va anglamay Allohga kuygan shartlarimizni parvardigorim uzi avf etsin va magfirat aylasin...!!!
Alloh hammamizni tugri yulga boshlasin.
Hulosa sizdan azizlarim...

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!