📖 Hikoyalar

Qiz farzand

1 daqiqa 17.5K marta oʻqildi
Qiz farzand
Shu qizingni koʻzimga koʻrsatma deganman senga. Kuni bilan ishdan charchab kelsangu uyda esa asab buzarlik.. Yoʻqot koʻzimdan nari qil! - deb ishdan qaytgan er hotiniga baqira ketdi...
Koʻzlarini jovdiratib qoʻrqib turgan uch yoshli qizaloq dadasini gaplaridan kegin sekingina onasini orqasiga yashirindi...
Dadasi ahir u qizingizku.. Unda nima ayb... Alloh bersa oʻgil farzandlik ham boʻlarmiz..
Oʻchir ovozingni.... Beshta qiz tugish keldi qoʻlingdan, tiling esa ikki qarich.. Bitta oʻgil tugib qoʻy, kegin menga nasihat kilasan..
Ayol boshqa hech nima demadi.. Qizini opalarini oldiga olib kirdi va eriga dasturhon tayyorladi...
Yarim tun erni tomogi qurib suv ichgani chiqdi.. Shu payt qizlarini honasidagi chiroq yoniq ekanini koʻrib, hona tomonga yurdi.
Honaga yaqinlashganda ichkaridan eshitilgan yigi ovozdan eshikni ochmay bir zum tuhtadi..
Ichkaridan kenjatoy qizini yigi ovozi eshitilardi. Qizalok yiglab bir nimalar derdi..

Hudojon nega meni oʻgil qilib yaratmading.. Nega meni otamni har kungi janjaliga, oyimni koʻz yoshlariga sababchi qilib yaratding. Hudojon mayli dadam meni yahshi koʻrmasin, men ularni yahshi koʻraveraman. Mayli meni soʻksinlar, ammo oyimni yiglatmasinlar.. Bitta men ularni shuncha qiynayapman... Meni oldingga chaqirib ol Hudojon. Yolvoraman sendan Hudojon...
Erkak eshitganlaridan karaht holatiga tushib koldi... Ohirgi uch yillik umri koʻz oldidan oʻta boshladi..
Nahot shu qizcha men yuz oʻgirgan qizcha bulsa... Shunday mehr egasi meni zurriyodim boʻlsa... Nohotki koʻzlarim shunchalik koʻr boʻlgan boʻlsa... Erkak ming hayol bilan honaga kirdi..
Dadasini koʻrgan qizaloq qoʻrqqancha, shoshib joyiga yotmoqchi boʻldi.
Ota uni qoʻlidan tutib qoʻrquvdan katta katta boʻlgan koʻzlariga termulib, yuziga oqib chiqqan yoshini artdida..

Badbaht otangni kechir bolam dedi...
Qizaloq shoshib otasini boʻynidan mahkam quchoqlab oldi... Lablari esa " Rahmat senga Hudojon" deb pichirlardi...
Oʻgilmi qizmi ilohim Farzand bersin Hudoyim...
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.