Oʻqing faqat yigʻlamang

Ular juda bahtli oila edi. Ota, ona va uch yoshli shiringina qizaloqdan iborat bu oila juda bahtli xayot kechirar edi. Lekin taqdir xukmi bu bahtni ularga koʻp koʻrdi – uzoq davom etgan kasallik sababli ona uch yoshli qizi xamda sevimli yorini tashlab bu dunyoni tark etdi. Turmush oʻrtogʻining oʻlimidan chuqur qaygʻuga botgan ota qizalogʻiga onasining oʻlimini qanday tushuntirishni bilmasdi. Buni ustiga goʻdak xar kuni otasidan "oyim qaerga ketdilar, qachon keladilar", deb soʻrayverardi.
– Oying ishga ketdi, qizim. Ishhonasidan uzoq muddatli safarga chaqirishgan, Hudo hoxlasa tez orada kirib keladi, - deya qizini ovutib qoʻyardi. Qizaloq bu savolni tez-tez berar va deyarli bir hil javob eshitardi.
Shunday qilib qizi olti yoshga chiqqan yili ota bir mexribon, oqkoʻngil ayol bilan tanishadi va ular turmush qurishga axd qilishadi. Bir kuni otasi qizini yoniga chaqirib, asta gap boshlaydi:
– Qizim, oying qaytib keladigan boʻldi. Sen uning qiyofasini unutib qoʻyganing yoʻqmi?
Qizaloq biroz oʻylanib turib, "yoʻq" maʼnosida bosh qimirlatadi. Xuddi shu laxzada eshik ochilib, ostonada xaligi ayol paydo boʻladi. Quchogʻini keng ochib, qizning ismini aytib chaqiradi:
– Qizalogʻim, men seni oyingman, taniyapsanmi?
Qizaloq otasiga xayron boʻlib tikiladi.
- Qizim, oyingni tanimayapsanmi? Ahir u sening onang! Aytgandim-ku, ishga ketgan, bir kun qaytib keladi, deb. Ana qaytib keldi. Endi tez borib, "oyi" deb quchoqlab qoʻygin-chi, boʻlaqol tez! - deb ota qizini koʻzlariga tikildi.
Qizi indamay ayolning quchogʻiga borib, "oyi" deb qoʻydi. Koʻngli toʻlgan ota qizini yoniga borib, peshonasidan asta oʻpdi va "Xozir kelaman, sen oying bilan gaplashib oʻtir qizim", deya tashqariga yoʻl oldi. Otasi chiqib ketgach qiz birdan yigʻlab yubordi va koʻzda yosh bilan:
- Siz mening oyim emassiz! - dedi toʻsatdan. - Mening oyim oʻlgan!
Tong qolgan ayol xayratdan ne deyarini bilmay turardi.
- Buni men bobom va buvimlarnikiga borganimda ularning suxbatlaridan bilib qolganman. Buni faqat men, bobom va buvim bilamiz holos. Dadam bundan behabar. U xaligacha oyimni ishga ketgan deb oʻylaydi. Bu gapni dadam bilmasin, u bilsa soʻzsiz azoblanib yigʻlaydi. Sizni doim oyi deb chaqiraman. Faqat bu gaplarni dadamga aytib qoʻymang. Dadam bilsa, chidolmay yigʻlaydi. -deya qizaloq yigʻlab yuborishdan oʻzini zoʻrgʻa tutib turgan "yangi oyisi"ga yolvorardi.
Bu payt esa eshik ortida turgan otaning koʻz yoshlari koʻl bulgandi.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!