📖 Hikoyalar

Ibratli xikoya

2 daqiqa 13.7K marta oʻqildi
Ibratli xikoya
Bir ayolning eri vafot etdi. Ikki qizi yetim qoldi. Bu musibat sabab faqirlik, muxtojlik uning boshi uzra aylana boshladi. Uyning egasi ijara xaqqini soʻrar, dilbandlarining ochlikdan sillasi qurib borardi. Mablag' yoʻqligi tufayli uydan chiqarib yuborildi. Xar hil gap soʻzlar - u, yomonlarning zararidan qochib, begona shaxarga ketdi. U shaxarda qaxraton sovuq xukm surardi. Qizlarini eski - vayrona masjidda qoldirib, yemak topib kelish maqsadida tashqari chiqdi.
Musulmon, viqorli, shaxar zodagonlaridan biri boʻlgan kishiga duch keldi. Axvolini tushuntirib yordam soʻradi.
Ayolning gaplarini eshitib boʻlgach boy:
— Gaplaring rostligini isbotla! Dalil keltir menga!— dedi.
Ayol:
— Sizga qanday isbotlay, bu shaxarda xech kimim yoʻq boʻlsa, meni kimsa tanimaydiki sizga keltirib soʻylatsam, — dedi.
Musulmon kishi unga ishonmadi, yuzini oʻgirib ketdi.
Ayolning shundoq xam gʻam quchgan qalbi, battar sindi. Ilojsizlikdan yigʻlay boshladi. Shu payt uning yonidan yoshi ulug', keksa bir kishi oʻtib ketayotgandi. Ayolning xoli uning diqqatini jalb qildi.
— Tinchilikmi, qizim? Nimaga yigʻlayapsiz? — deb soʻradi.
Ayol axvolini, boyagi kishining unga ishonmaganligini aytib yigʻladi.
Cholning unga raxmi kelib uyidan ayol - qizlarini joʻnatdi. Ular ayol va uning masjidda qolgan qizlarini keltirishdi. Edirib - ichirib, yuvintirib chiroyli kiyimlar berishdi. Oliy darajada izzat - ikrom qilishdi.
Chol va uning oilasi nasroniylar edilar.
Tun yarmiga choʻkkanda, ayolni nochor xolida qoldirgan musulmon kishi tush koʻrdi.
Unda, qiyomat qoim boʻlgandi. Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam va Ularning ortlarida bayroqlari xilpirab tik turardi.
Shunda boyning nigoxi yam - yashil zumraddan qurilgan chiroyli qasrga tushdi. Uning ayvonlari dur va yoqutdan, qubbalari marvarid, javoxir - u marjonlardan yasalgan, oʻta nozik va xashamatli edi.
Boy Rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan qasr kimga tegishli ekanligini soʻradi.
U Kishi:
— Tavxidli musulmonniki, — dedilar.
Boy:
— Ey Alloxning elchisi, menman oʻsha Alloxning yagona, Sizni xaq Paygʻambar ekanligingizga iymon keltirgan, tavxidli musulmon, — dedi.
U kishi:
— Qani, dalil - isboting, gaping rostligini tasdiqla?! — dedilar.
Uning aqliga chaqmoqdek ayol bilan oʻtgan suxbat keldi.
— Sen ayoldan dalil soʻrading - ku?! «Gaplaring rostligini isbotla!» deding - ku! — dedilar.
U qoʻrqib uygʻonib ketdi. Qilgan ishidan juda afsuslandi. Ertasi kunidan boshlab ayolni shaxar boʻylab ahtara boshladi. Ahiri uni nasroniyning uyda ekanligini bildi.
Borib:
— Ayol va uning qizlarini menga bering! — dedi.
— Buning iloji yoʻq, ular uyimga kelgandan beri shunaqa baraka yogʻila boshladiki, tasavvur qilolmaysiz, — dedi chol.
— Men sizga ming diynor beraman, ularni menga bering! — dedi, boy.
— Yoʻq, — dedi, nasroniy.
— Berishingiz shart! — dedi boy.
Nasroniy:
— Siz hoxlayotgan narsaga sizdan koʻra men xaqliroqman. Tushingizda koʻrgan qasr, men uchun qurilgan. Alloxga qasam, uyimga ayol va qizlari kelgandan soʻng, uning qoʻlida men va oilam islomni qabul qildik, keyin siz koʻrgan tushni men xam koʻrdim.
Rasulullox:
— Ayol va uning qizlari senikidami? — deb soʻradilar.
— Xa, shunday, ey Rosulullox, dedim.
U kishi:
— Bu qasr sen va oilangniki, dedilar, — dedi.
Bu gaplarni eshitgan boy shu darajada nadomat qildiki, umri boʻyi xech narsaga bunchalik afsus qilmagandi!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.