📖 Hikoyalar

Yetim va nogiron qizaloq haqida

1 daqiqa 2.4K marta oʻqildi
Yetim va nogiron qizaloq haqida
Avtobusda odam unchalik koʻp emasdi. Bekatda 35 yoshlar atrofidagi bashang kiyingan ayol avtobusga chiqdi. Kun juda issiq, aksiga olib hamma joylar band Faqat orqaroqdagi oʻrindiqlarning birida 14-15 yosh atrofidagi qizcha jimgina koʻchani tomosha qilib ketardi. Ayol oʻsha tomonga yurdi. Lekin qizcha joy berishni hayoliga ham keltirmasdi. Avtobus juda imillab keyingi bekatga keldi. Yana 5-6 odam chiqqach ayol battar oʻngʻaysizlana boshladi. Nihoyat u qarshisida oʻtirgan ayollardan biriga qizcha eshitadigan qilib gapirdi: "Biz yoshligimizda avtobusga oʻzimizdan kattalar chiqqanida joy berardik. Hozirgi bolalarga hayronman. Masalan manavi qizcha (qoʻli b-n koʻrsatdi), ota-onasi har kuni nimani oʻrgatadi, bilmadim. Oʻtirishini qarang". Qizcha yarq etib ayolga qaradi. Ayol gʻolibona nazarda qizchaga qarardi. U haq gapni aytganidan yuzida mamnuniyat sezilardi. Qizcha yerga qarab jim boʻlib qoldi. Keyingi bekatda avtobus toʻxtagach 23-24 yoshlardagi bir yigit shoshib chiqib qizchaning yoniga keldi. - Akajon,- qizcha koʻz yoshlarini ortiq tiyolmadi. Akasi uni koʻtarib oldi. Ular haligi ayolning yonidan oʻtisharkan, qizcha halitdan beri ularga maʼnoli qarab turgan ayolga dedi: "Qaniydi ota-onam boʻlsa..." Ayol jim edi. U avtobusdan tushib qizchani nogironlik aravachasiga oʻtqazayotgan yigitni kuzatib qoldi. "Uning ota-onasi 3 oy oldin avtohalokatga uchragan, faqat shu qizcha tirik qolgan", kimningdir ovozi eshitildi. Avtobus yurgan vaqtda qizcha oʻtirgan, boʻsh oʻrindiqqa qarab qolgan ayolning koʻzlarida yosh tinmasdi..
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.