Erka qizning kechmishlari

Soʻz davru-davron surayotgan amaldorning yakka-yolgʻiz qiziga
"Otam mendan atigi 3-4 yosh katta "Barbi”lar bilan…”
"Doʻstlarim 5000ga yaqin…”
- Parvina!..
Yotoqxonam eshigi zarb bilan ochildi-yu, koʻzlarida gʻazab uchqunlari yonayotgan padari buzrukvorim shahd bilan yotogʻim tepasiga keldi. Chet el honandasining mashhur klassik simfoniyasini tinglab, xayol ummoniga shoʻngʻib ketganim boisidan oʻzimga kelib nima boʻlayotganini tushunib olish uchun biroz fursat kerak edi, chamamda.
"Ey, Xudo, yana qaysi ishim yoqmadi ekan?”, ignadek narsadan fil yasash, dadamning tabiatlariga xosligini bilsamda, xayolimni jamlab, nima boʻlganini bilishga urinardim. Yoʻq, dadam bu safar uzoq choʻzmasdan maqsadga oʻta qoldilar.
- Nima seni oʻlging kelyaptimi? Yo kimni qizi ekaningni unutib qoʻydingmi?
Ketma-ket berilayotgan savollar har biri soʻz boʻlib emas, xanjar boʻlib yuragimga sanchilardi.
- Menga sendek koʻrnamak qiz kerak emas! Xayolingni joyiga qoʻyib olmasang, oʻzim aqlingni kiritib qoʻyaman!
Shu taxlit oʻz nutqlarini yakunladilar va jahl bn chiqib ketdilar. Men esa leksiya tugaganidan biroz yengil tortdim. Dadam chiqib ketganlaridan soʻng bizni ichkariga kirmasdan eshik oldida kuzatib turgan ayam yotogʻimga qanaqadur oq qogʻoz tashlab hech narsa demasdan chiqib ketdilar. Sarlavhaga koʻzim tushdi-yu, bugungi tarbiyaviy soat sabibini tushundim. Maqolamga sekin koʻz yugurtirib chiqdim. Buni nimasi yomon?!
Eh, odamlar nega buncha beburd, hamiyatsiz, yuzsiz- a ?!
4444444-Maqolangni oʻzim taxririyatga topshiraman, aniq kelgusi sonda bosilib chiqadi, – deb vaʼda bergan amakim taxririyatga emas toʻgʻri dadamni oldilariga boribdilar-da. Axir, ulardan qattiq iltimos qilgandim, dadam bilmasinlar deb. Hattoki, nafasni ham dadamning ruhsatlarisiz olib boʻlmaydigan bu xonadonda, maqola yozishga yoʻl boʻlsin. 20 yildan ortiqroq vaqt amal kursisiga mustahkam joylashib, davru-davron surayotgan amaldorning yakka-yolgʻiz qizi "Oʻlimni unutganlar yoxud amaldorlar mangu yashaydilarmi?!” sarlavhali maqola yozsa. Ha, dadam maqolani qoʻliga olgan fursat daxshatini tasavvur qilayapman. Attang, chakki boʻldi. Sirkasi suv koʻtarmaydigan dadamning asab torlari chertilganidan emas, bu qoralama endi hech qachon nashr yuzini koʻrmasligidan afsuslandim. Koʻp fursat oʻtmasdan, dadamning asabiy ovozlari jarangi boshqa xonadan eshitila boshladi.
-Bu qiz kimga oʻxshadi oʻzi?! Nimalar qilayotganini oʻzi biladimi?! Bu yozganlari bilann kimga tosh otyapti ?!
Ajabo,men yozgan maqola nima sababdan dadamga bu qadar ogʻir botdi ekan? Yoki oʻzim bilmasdan ularga koʻzgu tutib qoʻydimmi?!
Haqiqat shunaqa achchiq boʻladi. Bu gap soʻzlar ustiga, yoshi 30 da boʻla turib, dadamning fikr va maslahatlarisiz bir qadam qoʻyolmasa-da, bir tashkilotda rahbar boʻlib ishlayotgan akam kelib qoldilar.Vaziyat chatoqligini koʻrgach, menga iddao aralash nasihat qildilar.
-Xm, Pari, yana sanmi, piserliging jonga tegdi, qachon bas qilasan, boshqa ermak topgin-a!..
Nima yozish bu ermakmi? Na oʻqimaydigan, na ishlamaydigan, ertadan kechgacha mashinada shahar koʻchalarini bemaqsad kezadigan ikkta oʻgʻliga tarbiya berishga vaqti yoʻq amakimning vaziyatdan ustamonlik bilan foydalanib, dadamni menga qarshi gij-gijlashi ham bejizga emas ekan, albatta. "Echkiga jon qaygʻusi, qassobga yog”, degan xalq maqoliga nisbat bersa boʻladi shu oʻrinda .
Avval ham shahar gazetalarida nashr qilingan "Qaytar dunyo, qush inida koʻrganini qilarkan” ,”Choʻntakda boʻlsa puling, kimlar boʻlmaydi quling ” , ” Tilimizda Olloh, qalbimiz gumroh” singari bir qator maqolalarimni oʻqib, rosa kunimni koʻrsatishgandi. Lekin bu safar amakimni tashabbuslari bilann yoshim 18 ga yetmaganligini ham hisobga olmasdan, dadam meni turmushga berish tashvishiga tushib qoldilar.
Hullas ,taqdirim qil ustida . Oʻz boshimga oʻzim yetdim, shekilli .
2.
Oʻtgan kunlarimga nazar solib bugungi kunim haqida qanday fikr yuritishni ham bilmayman. Agarda bugungi kunda hayotimda sodir boʻlayotgan voqealarni dasturxon qiladigan boʻlsam, buni kimdir noshukrlik, kimdir esa toʻqlikka shoʻxlik deb baxolashi tayin. Bu holda meni ham qanchadir xatolarim boru, lekin asosiy ayb boshqa insonlarda deb ishonaman. Inson hayotga nega keladi oʻzi?! Aniq bilamanki, bu savolga juda kamchilik javob qidiradi. Boshqalar esa tirikchilik tashvishida yelib-yugurib hayotning asl mazmun-mohiyatini ham tushunmasdan u dunyoga rixlat qiladi. Bu haqda savodi borlarning ham aksariyati nafs degan baloning domiga tushib, oqim boʻylab ketaveradi. Hadislarda keltirilishicha, oxir zamon yaqinlashganda bitta aqlli odam toʻgʻri yoʻlga boshlasa, avom uni jinniga chiqarar ekan. Oʻzimni aqlli sanamaymanu, lekin yaqinlarim orasida men ham jinniga chiqdim. Ota-onamning 50 yoshdan oʻtgan boʻlsa-da, hali-hanuz namozga bosh egmaganliklari meni tashvishga soladi. Bekamu-koʻst taʼminlab voyaga yetkazgan boʻlsa-da, dadamning egoistliklari tufayli, soʻngi payt odamovi boʻlib qoldim. Juda koʻp vaqtim kitoblar orasida oʻtganligi sababli hayotga qarashlarim aksariyat tengdoshlarimnikidan farq qiladi. Odamlarga tez qoʻshilib ketolmayman. Buni esa koʻpchilik manmanlikka mengzaydi. Namoz oʻqib, gunoh-savobni yaxshi ajrata olganim bilan koʻrinishimdan u qadar sipo qiz deb taʼrif berishingiz ancha qiyin. Men ham kiyim-kechak, pardoz-andoz masalasida tengdoshlarimdan hech ham qolishmayman. Lekin bundayam chegarani yaxshi bilaman. Kindigimni koʻrsatib yurmayman yoki bir qarichlik yupka kiymayman. Ammo hamma tengdoshlarim singari men ham odnoklassniki saytiga kiraman. Profilimdagi doʻstlarim soni 5000ga yaqin. Bu roʻyhatdan xulosa chiqarishga shoshilmang, faqatgina ikki yoki uchtasini taniyman holos. Qolganlari esa shunchaki dobavit qilingan. U yerda hech kim bilan gaplashmayman, faqat statuslar yozib odamlar nima qilayotganini kuzataman. Atrofimda boʻlayotgan nohaqliklarni unutish uchun ham shu saytga bogʻlanib qolganman. Dadam odamlar taʼrifi boʻyicha judayam mard, bir soʻzli, qoʻli ochiq inson ekanlar. Bir qarashda shunaqadir balki. Lekin aslida… Toʻgʻri, gap kelganida hattoki viloyat hokimini ham "kaltaklab” xalq dardiga yarab, obro’ qozonganlar bir paytlar. Aslida esa obro’ talashganlar xolos. Aqlimni tanibmanki, pul, shuxrat soyasida yashayapman. Tillarida Allohga shukr deydilaru, amalda oʻzidan orttirib birovga bir narsa bermaydilar. Yana oʻzlarini qilmishlari ortiqcha bizga aql boʻlishlariga qoyil qolaman.Yaqin-yaqingacha mendan atigi 3-4 yosh katta millatini tayini yoʻq "Barbi”larni mashinalarida olib yurardilar. Oʻzim guvoh boʻlganman. Ayam ham hammasini bilgani hamonoq hech narsani oʻzgartira olmasliklarini biladilarmi, koʻrib koʻrmaslikka oladilar. Odamlar ham hammasini koʻrib turishadiyu, yigitchilikda deb beparvo qarashadi. Nega shunaqa odamlarni toshboʻron qilishmaydi. Koʻchaga chiqib, qay tomonga qaramang, 4 tomonda xiyonatlar tomir yoyib yotibdi. Biz esa menga nima deb beparvo yashayveramiz. Mentalititimiz yevropadan ham oʻtib ketgan. Yevropaliklarni bizdan afzal tarafi ular qilayotgan ishini hech kimdan yashirmaydi, bizda esa yurib-yurib, oppoq koʻylak kiyib, toʻyda oʻzlarini oqlab olishyapti. Hozirgi zamon qizlari faqatgina uchrashuv bilan kifoyalanishmaydi. Bunga isbot oʻzim kollejda birga oʻqigan kursdosh qizlarning teng yarmi bokiralik ostonasidan allaqachon oʻtib boʻlishgan. Shu qizlarni yoʻldan urayotgan oʻzimizning erkaklarmi yoki inaplanetanlarmi?! Bir yilga yaqin saytda bir bola bilan doʻstona gaplashib turdik. U bilan fikrlarimiz, hayotga qarashlarimiz deyarli bir xil edi. Oyda bir-ikki marta telefonda gaplashardik. U menga yoqardiyu, lekin bu sevgimi yoʻqmi bunisini bilmadim.123
Oramizda oʻldim-kuydim singari gaplar boʻlmagan boʻlsada, koʻnglimizda yaqinlik bor edi. Ular menga uchrashish taklifini bildirdilar. Dadam bunga hech qachon ruxsat bermasliklarini bilganim uchun munosabatlarimizni jiddiylashtirmasdan, oʻzimni olardim. Shu bir yil ichida kollejni chala-yarim tamomlab, soxta xujjatlar bilan institut talabasi boʻldim. Hayotim esa tubdan oʻzgarib ketdi. Omad qushi dadamning qoʻllaridan ketib, oilamiz notinch boʻlib qoldi. Shu ogʻir vaziyatda meni taqdirim ham hal boʻlib qoldi. Axir ozgina vaqt oʻtgandan keyin meni u qadar obroʻli oilalardan kelinlikka soʻramasliklari mumkin. Hullas vaqtni boy bermasdan meni unashtirdilar.Yigʻlab-siqtashlarim naf bermadi. Shaharda oʻzini hurmacha qiliqlari bilan mashhur bu yigit haqida eshitgandim. Yoshi oʻttizga yetmasa ham allakimlar orqali bir davlat tashkilotiga rahbar boʻlib, shaharda oʻzining qator beznes tarmoqlarini yoʻlga qoʻyib olgan bu uchar yigit,ayollar masalasida ham ancha-bunchasiga dars berar ekan. Hatto benikoh farzandi ham bor ekan. Toʻydan bir hafta oldin saytda tanishgan doʻstimga telefon qildim. Hammasini aytdim.”Toʻying boʻlgan kundan men uchun oʻlgansan, telefon nomeringni oʻzgartir, nafaqat men bironta ham tanish doʻstlaring bilan gaplashma, nikoh muqaddas "dedilar ular. Men "Bu shunchaki shartnoma holos” desam, "Nikoh ham yolgʻondan oʻqiladimi?!” deb soʻradilar. Shundan keyin hech narsa demasdan telefonni oʻchirdim. Toʻy boʻldi. Nikoh oʻqildi. Lekin u meni mazax qilishiga izn bermadim. Chunki bu turmush menga baxt uchun emas, shunchaki "xotin” degan lavozim berardi, xolos. Hozirgi oʻzbek yigitlari singari u ham hayoli, chiroyli qizga el-yurt koʻzida uylanib, yana kayfu-safosini qilib yuraverardi. Men rad qilganim tufayli u qoʻl menga tekkizmadi. "Sen meni xor qilding! Meni bir qarashimga qancha qiz zor! Sen meni sindirding hali afsuslanasan, oʻzing menga yalinasan. Mana shu ahmoqona gʻururing bilan xor boʻlasan. Mayli, senga hech qachon tegmayman, lekin boshqaga ham bermayman. Men seni chindan sevganim uchun uylangandim”, dedi. Ertasiga meni boshqa uyga koʻchirib oʻtkazdi. Uydagilariga "alohida yashamoqchimiz” deb izohladi. Hamma hayratga tushgan boʻlsa ham hech kim qarshi chiqolmadi. Mana bir oydirki, bir oʻzim uni uch xonali kvartirasida yashayapman. U boʻlsa chamamda biron jazmani bilan yashayapti. Har kuni ertalab kelib, eshik tagida kutib turadi, institutga olib borib qoʻyadi. Keta-ketguncha kecha qanaqa qizlar bilan qayerlarga borganini maqtanib ketadi. Koshkiydi, bironta gapi qulogʻimga kirsa. Dars tugagach esa oʻzim uyga qaytaman. U meni kun boʻyi nima qildim, qayerga bordim umuman qiziqmaydi. Chunki gaplashadigan qizlari sanoqsizligidan vaqti yoʻq. Bu gaplardan ota-onamni xabari bor. Dadam hozir men bilan gaplashmaydilar. Menga esa baribir.
Parvina, Navoiy viloyati.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!