KELINOYI… (Hikoya)

Sherali qizchasini ayvonda erkalab oʻtirgan Buvsaraga yer ostidan boqarkan, yuragi hapriqib-hapriqib ketar, shayton uni kennoyisi tomon chorlab, quchishga, erkalashga undardi.
«Nimalar boʻlayapti oʻzi? — oʻz uyi, ichkarida supur-sidir qilish bilan band xotini Madinaga oʻgʻrincha koʻz tashlab oʻylardi u. — Akamning xotinini yaxshi koʻrsam, oʻz jufti halolim bilan ovungim kelmasa, unga eʼtiborsiz boʻlsam!.. Axir, akam yaqinda mardikordan keladi! Yana uning koʻzlariga qaray olmay azob chekaman! Yana qizchamni suyib-erkalayotganini koʻrib koʻnglim eziladi!.. Yoʻq, nega endi? Axir, men akamning bir umr tirnoqsiz oʻtib ketishini istamadim! Vijdonimni sotib boʻlsa-da, unga qizcha hadya etdim. Buning nimasi yomon. Faqat… Xotinining bagʻriga kirganimda, Buvsaraning lablaridan boʻsalar olganimda… Eh, dunyo ham shunchalar tor boʻladimi?.. Odam shu qadar ojiz boʻladimi?..»
— Voy, amakisi, qarang, biz nimalar oldik doʻkondan?!. — Buvsara miyigʻida sirli kulish qilib endi-endi tetapoya boʻla boshlagan qizchasi Dilnozani qoʻlidan yetaklab Sheralining qarshisida toʻxtadi. — Qani, amakimizga nima deymiz?..
Sherali battar ezilib qizchani qoʻliga oldi va yuzlaridan oʻpib mahkam bagʻriga bosdi.
— Oh, qizalogʻim, — birov eshitib qolmasligi uchun ohista shivirlardi u. — seni har kuni, har soniyada sogʻinaveraman. Ana, hademay, dadang keladi. Undan keyin seni bunchalar bagʻrimga bosish qayoqda deysan?!.
— Bugun kechqurun kirasizmi? — asta soʻradi Buvsara.
— Qaerga?.. — Sherali xuddi hech narsadan bexabardek kennoyisiga hayrat aralash tikilib qaradi.
— Qaerga boʻlardi? Biznikiga-da!..
— Ha-ya… Sharoitga qarayman, Buvsara! — dedi Sherali oʻz uyi tarafga ishora qilib.
— Voy, namuncha oʻsha xotinchangizdan qoʻrqmasangiz? Uxlagandan keyin sekin bir soat, yarim soatga chiqib ketsangiz boʻladi-ku!.. Axir, sizni sogʻinganman!..
— Akamdan… Akamdan xavotirdaman, Buvsara!.. Tuyqusdan kep qolsa…
— Kelmaydi… Bunchalik ham quyonyurak boʻlmang…
— Boʻpti, kech tushaversin-chi, koʻrarmiz!..
* * *
Qishloqqa tun choʻkdi. Sherali qorni ancha bilinib qolgan Madinaga koʻchaga chiqib ulfatlari bilan birpas oʻtirib kelishni bahona qildi-yu, tomorqa tomonga oʻtdi. Buyoqdan akasining uyiga kirib olish oʻngʻay edi. Derazasining bittasi tomorqaga qaragan, Buvsara shu derazani ochib qoʻyishiga ishonardi…
Ochiq ekan. Ehtiyot shart toʻrt tomonni koʻzdan kechirib oldi-da, deraza oshib chiroqlari oʻchirib qoʻyilgan xonaga tushdi.
Buvsara qizchasini allaqachon uxlatib, koʻrpaga oyoqlarini oʻragancha Sheralini kutib oʻtirardi.
— Oh, oʻzimning qaysarginam! — Sherali oʻringa choʻkkan zahoti ayol uning pinjiga kirdi. — Uylanganingizdan beri koʻp kutdiradigan boʻlib qoldingiz-a?.. Meni umuman oʻylamay qoʻygansiz.
— Axir, tushunsang-chi, — shivirladi Sherali. — biryoqda akam, bir yoqda Madina… Uyam mayli, akamdan xavotirdaman. Har koʻrishganimda xuddi menga ola qarayotganday boʻlaveradi. Bilib qolmadimikan deb ichimdan zil ketaveraman.
— Bilmaydi. — dedi qatʼiy ohangda Buvsara. — Bilganda nima?.. Men… Sizni sevib qolganman.
— Ahmoqlik qilma. Men azbaroyi akamning kelajagi uchun, tirnoqqa zor boʻlib oʻtmasligi uchun shunday qilganman.
— Nima, sevmaysizmi meni? — oʻpkalangannamo Sheraliga tikildi Buvsara. — Ayting, zarrachayam yoqtirmaysizmi?..
Ayoldagi yoqimli va necha yillardan beri qadrdon boʻlib qolgan is Sheralini yolgʻon gapirishga qoʻymasdi. U inon-ixtiyorsiz ayolga talpindi…
— Jinnivoy, seni sevmay boʻlarkanmi?.. Jonimdan ortiq sevaman…
— Xotinchangiz oʻgʻil tugʻarmishmi? — soʻradi Buvsara uni oʻzidan itarib.
— Senga buni kim aytdi?
— Bugun kunduzi oʻzi aytib qoldi. Tekshirtirganmish. «UZI»dagilar oʻgʻil deyishganmish.
— Oʻgʻil boʻlsa oʻgʻildir-da!..
— Yoʻq, oʻgʻilni siz menga vaʼda qilgansiz. Nega endi u tugʻishi kerak?
— Jinni boʻpsan. Axir, u xotinim!
— Menam xotiningizman. Mana, quchogʻingizda yotibman. Demak, menam jisman siznikiman…
— Boʻpti, — ayolni tinchlantirgan boʻldi Sherali. — Senam bir oʻgʻil tugʻasan. Vaʼda beraman!..
— Menga qarang, Sherali, — Buvsara kutilmaganda endigina ketmoqchi boʻlgan Sheralining yelkasidan ushlab oʻziga qaratdi.
— Nima deysan?..
— Muncha yoqalaringiz kir boʻp ketibdi?.. Qarang, dogʻlarni! Xotinchangiz qaramayaptimi sizga?..
— Oʻzim bilmay kirlagan koʻylakni kiyib olibman shekilli. — oʻzini oqlagan boʻldi Sherali. — Hozir kirib almashtirib olaman.
— Toʻgʻrisini aytsam, oʻsha Madinani anchadan beri kuzatib yuribman. Judayam farosatsiz ekan. Ishonasizmi, ovqat qilayapti-yu, chala yuvilgan kapgirni qozonga tiqayapti. Ayol degani sal ozoda boʻlsa-da!..
Sherali indamadi. U sezib turardi. Buvsara atayin uni Madinadan sovitish uchun shu gaplarni gapirayapti.
Biroq… Negadir alam qildi… Erkak boʻlib xotini toʻgʻrisida bu taxlit gaplarni eshitish unga ogʻir botdi. Bilmaydi… Negadir yuragi gʻash tortib Buvsara bilan sovuqqina xayrlashdi-yu, uyiga yoʻl oldi…
* * *
Ichkariga kirib borganda, Madina karavotda oʻtirgancha qandaydir kitobni varaqlash bilan band edi. Ostonada paydo boʻlgan erini koʻrib dast oʻrnidan turdi.
— Ovqat yeysizmi? — ohista soʻradi u Sheralidan.
Sherali unga yer ostidan oʻqrayib qarab oldi-da, xotiniga oʻshqirdi.
— Ovqat beradigan odam allaqachon dasturxon tuzab qoʻyishi kerakmasmidi?..
Madina bunday muomalani kutmagan ekanmi, birdan qovoqlari uyilib ortga tislandi.
— Sizning qachon kelishingizni bilmadim-da!.. — dedi eshitilar eshitilmas.
— Ishqilib, ovqat qilayotib toza kapgir ishlatganmisan? — hamon soʻz ohangini oʻzgartirmay soʻradi Sherali.
Madina yalt etib unga boqdi.
— Biror marta yuviqsiz kapgirda ovqat qilganimni koʻrganmidingiz?
— Koʻrganman. Shuning uchun ham soʻradim. Qara, uyning ahvolini!.. Manavi changlarni koʻr!.. Shuniyam kelinli uy deb ataydilarmi?..
Sherali yoʻq joydan bahona qidirib baqirar, qoʻrqib ketgan Madina zir yugurib shom mahali tozalab qoʻygan joylarni qaytadan supur-sidir qilar, hovlining bir chetida esa, Buvsara bu janjalga miriqib quloq tutardi…
* * *
Oradan uch-toʻrt kun oʻtib akasi Shomirza mardikordan qaytib keldi. U erta tongda kirib kelganda, Sherali endigina uyqudan uygʻonib hovlida yuz-qoʻllarini chayayotgandi. Akasining ovozini eshitib dast oʻrnidan turdi.
Shomirza oldiga qoqila-qoqila chopqillab kelgan Dilnozani dast koʻtarib oldi-da, erkalab oʻpa boshladi…
Bu Sherali uchun naq dahshatning oʻzi edi.
Har gal akasi qizchani qoʻliga olganda yuragi orqaga tortib, koʻzlari chaqnayveradi. Bir tomondan «bilib qolmasin-da», degan vahimali oʻy miyasini kemira boshlasa, ikkinchi tomondan oʻz pushti kamaridan boʻlgan bolasini u emas, akasi erkalayotgani alam qilib qoʻyardi. Biroq tez oʻzini qoʻlga olardi. Bilardiki, u qizchani aynan akasi uchun hadya qilgan. Mana shu narsa Sheraliga taskin berar va Shomirza bilan avvalgidek munosabat yurita boshlardi.
— Kelmaysanmi? — turgan yeridan baqirdi Shomirza. — Nega qotib qolding?.. Yo tanimayapsanmi-a?
— Yoʻg'-e, — Sherali majburan kulimsirab qoʻlidagi sochiqni dorga ildi-da, akasiga peshvoz chiqdi. — ota-bola koʻrishayotganlaringni tomosha qilahtgandim-da!
— Kel, ukajon, seniyam bagʻrimga bosay! — Shomirza quchogʻini ochdi. — Men yoʻgʻimda kennoyilaringdan koʻz quloq boʻlib turasan, axir! Yoʻqligimni bildirmaysan!.. Yaxshiyam sen bor ekansan peshonamda!..
Sherali bu gapni eshitdi-yu, gʻalati boʻlib ketdi. Xayolida xuddi akasi hamma gapdan xabar topgan-u, atayin kinoya qilayotgandek tuyulib ketdi…
— Rahmat, aka! — deya oldi zoʻrgʻa. — Yaxshi borib keldingizmi, ishqilib?
— Zoʻr boʻldi ish! — maqtangannamo koʻkrak kerib qoʻydi Shomirza. — Insofli odamlarga tushib qoldim. IIshlagan haqimga qoʻshib ham berishdi.
— Xayriyat… Endi… Ketmaysizmi?..
— Hozircha yoʻq. — dedi Shomirza. — Uylarni sal tartibga keltirmasam boʻlmaydi…
Buvsara derazadan aka-ukaning suhbatini eshitib turardi. Erining ketmasligidan xabar topgach, zarda bilan derazani yopdi-da, ichkariga oʻzini urdi.
Chunki, u shu kecha Sherali bilan uchrashishni rejalashtirib qoʻygandi…
* * *
«Bechora akam, — oʻylardi Sherali oradan uch kun oʻtib yana Buvsara bilan paxta ekiladigan maydonda uchrashib qaytarkan. — mening ablahligimdan, xiyonatkorligimdan, sotqinligimdan bexabar u. Men boʻlsam, bemalol bu yorug' dunyoda mana shu havodan nafas olib bemalol yuribman. Axir, nega shunday qilayapman? Ikki oʻt orasida qolib ketdim-ku! Buvsara quchogʻimga kirsa, yogʻday erib ketaman, hamma narsani unutaman. Shu ayolga borligʻimni hadya etgim kelaveradi. Akam bilan yuzma-yuz kelganimda esa, vijdon azobidan oʻrtana boshlayman. Nima oʻzi bu?.. Nimaga boshida oʻylamadim? Akam farzandli boʻlsin deb ogʻir gunohga botdim-ku! Bu gunohlarimni Xudo kechirarmikan? Yoʻq, kechirmaydi. Mana, bugun ham akam uyda uxlayapti. Men boʻlsam, uning tan mahrami bilan aysh qilib uyga qaytmoqdaman…»
Sherali uyga yaqin kelganda birdan toʻxtadi. Orqasidan shippagini sudragancha kelayotgan Buvsaraning yaqin kelishini kutdi.
— Nega toʻxtab qoldingiz? — yaqin kelib soʻradi Buvsara. — Biror gap boʻldimi?
— Menga qara, iltimos, endi uchrashmaylik! — dedi Sherali yerga boqib.
— Nega? Nega unday deyapsiz? Joningizga tegdimmi?..
— Yoʻq, aslo unday emas. Akamning oldida bosh koʻtarib yurolmas boʻldim. Tushunsang-chi!..
— Bilaman. — ohista shivirladi Buvsara. — Baʼzida oʻzim ham u kishining koʻzlariga tik qarab gapira olmaydigan boʻlib qolganman. Ammo… Ne qilayki, siz koʻz oldimdan ketmaysiz. Siz… Siz… Boshqachasiz… Yoʻq, buni tushuntirib bera olmayman… Qoʻying, boʻlar ish boʻlgan. Mana, Dilnozaniyam sizdan tugʻdim-ku, axir!.. Endi hammasini orqaga qaytarishning iloji yoʻq.
— Iloji bor. — Sherali Buvsaraning yelkasidan tutib oʻziga qaratdi. — Senam oʻzingni qoʻlga ol. Menam oʻzimni tutib olishga harakat qilaman. Qoʻy, akamning yuziga ortiq oyoq qoʻymaylik. Yaxshi emas…
Buvsara hech narsa demadi… Beixtiyor koʻzlariga yosh kelib unsiz piqillagancha uyiga kirib ketdi… * * *
«Yoʻq, u xotinchasi tufayli mendan kechmoqchi! — oʻylardi Buvsara koʻrpaga burkanib olgancha unsiz yigʻlab. — Oʻgʻil tugʻib bermoqchi-da u!.. Endi bu kishimning koʻzlariga Dilnoza koʻrinmay qolgan!.. Iloyo qorning yorilib oʻlgur megajin!.. Vaʼdalari-chi? U qilaman, bu qilaman deb bosh-koʻzimni aylantirgandi!.. Toʻxtab tur hali sen qanjiq, kuningni koʻrsataman! Sheralini osonlikcha senga berib qoʻyadigan ahmoq yoʻq!..»
Koʻr-koʻrona rashk Buvsarani butkul aqdan ozdirgandek edi. U tuni bilan uxlamasdan, ovsinidan qanday oʻch olish yoʻllarini qidirdi. Oxiri topdi.
Bu yoʻl Sherali uchun ham, oʻzi uchun ham juda qulay va foydalidek tuyulaverdi…
Erta tongda turdi-yu, oʻzi tanigan, ishongan dugonasinikiga yoʻl oldi. Unda dorining turidan boʻlardi…
Turli bahonalar bilan dugonasidan dori ham undirdi.
* * *
Ikki mahalla naridagi oʻsha ayolnikiga borib kelishi uchun koʻp vaqt ketmadi. Yo tez yurdimi, bir soatga ham yetmay, hovlisiga kirib keldi.
Bu ishda ehtiyotkorlik zarurligini juda yaxshi bilardi. Ehtiyot shart, avval Sheralining uyi tarafga, soʻngra eri va qizchasi yotgan xonaga koʻz tashladi. Jimlik. Beixtiyor yuragi gʻash tortib birpas turib qoldi.
— Oʻzi bunaqa ishga qoʻl urib koʻrmagan odamning yuragiyam bezovtalansa kerak-da! — oʻyladi u uf tortib. — Iloyo juvonmarg boʻlib ketsin yomon odamlar!..
Shundan soʻng yugurib oshxonaga kirdi-da, deraza tokchasida turgan kosaga dorini solib qoʻydi.
Ha, shunday qilgani maʼqul. Agar ichkariroqqa berkitsa, Xudo koʻrsatmasin esidan chiqib qolsa, nima boʻladi? Bunaqasi kam boʻlganmidi…
— Betingdan buzilgur qora mushuk! — oʻzicha gʻudranib tashqariga yoʻl oldi Buvsara. — Atayin kuyib oʻlsin deydimi, qornini qappaytirib uyogʻimdan oʻtadi, buyogʻimdan oʻtadi!.. Goʻringda chiritmasam tinchimayman, qanjiq, tinchimayman!..
* * *
Oradan uch soatcha vaqt oʻtib kun tikkaga keldi. Shomirza ukasini olib allaqachon shaharga mayda-chuyda xarid qilish uchun chiqib ketgan, Dilnozani esa, oshxonaga olib kirib oldiga oʻyinchoqlar uyib qoʻygandi.
— Vaqt yetdi! — koʻnglidan oʻtkazdi Buvsara. — Qorning yorilgur ham uygʻonibdi. Yana oʻzini koʻz-koʻz qilib hovli aylanib qoldi. Men darrov choy damlay-da, chaqiray yashshamagurni!..
U oshxonaga uzoqdan bir koʻz tashlagan boʻldi-da, tandirxonaga kirib oʻchoqqa oʻt qaladi va chovgum qaynab chiqishini kuta boshladi.
Shu orada yarim soatcha xayol surib oʻtirib qoldi. Bir mahal qulogʻiga qizchasining qur-qur yoʻtalib yigʻlayotgani chalindi-yu, shartta oʻrnidan turib oshxonaga chopdi…
Kirib kelganda… Ne koʻz bilan koʻrsinki, Dilnoza polda yotgan koʻyi nuqul tipirchilar, choʻzib-choʻzib yoʻtalar, yoʻtal orasida tinimsiz oʻqchirdi…
— Voy, senga nima boʻldi, bolam? — Buvsara jonholatda qiziga yopishdi. — Nima boʻldi senga?.. Voy, bolam, koʻzingni och!.. Koʻzingni ochsang-chi, bolajonim!..
Dilnoza yana bir-ikki oʻqchib yoʻtaldi-da, jim boʻldi…
— Hoy, kim bor?.. Yordam beringlar! Bolam oʻlib qoladi, yordam beringlar!..
Buvsara baqir-chaqir qilish asnosida nimadir esiga tushgandek, shoshib deraza tokchasiga qaradi.
Kosada dori yoʻq edi…
Yuragi yorilgudek boʻlib qizining qoʻlchalarini paypasladi.
Qizaloq dori oʻralgan qogʻozni kaftlari orasida mahkam changallab yotardi…
Afsuski, Dilnozani vrachlar ham saqlab qola olishmadi.
Zahar goʻdakning ichaklarigacha kuydirib tashlagan ekan…
Qizchani ertasi kuni ertalab qabrga qoʻyishdi.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!