Tushda qon koʻrsa nima boʻladi
Tushda qon chiqsa
Tushda qon siyganini koʻrish nogiron farzandga ishoradir. Gohida bunday tush beva ayol bilan noshar’- iy aloqaga kirishish, deb ham taʼbir qilinadi. Tushda hayz qonini koʻrish bokira qiz uchun nikoh, homilador ayol uchun homilaning tushishi; hayzi toʻxtagan ayol uchun kasallikka ishoradir. Orqasidan qon chiqqanini koʻrgan kishi gunohdan forig‘ boʻladi. Agar qon tegsa, u kishining qoʻlidan harom mol chiqadi. Odam qoni oila aʼzolarining, uy egasining chiqim qilishiga, baʼzan kasallikka ishora boʻladi.
QON OLDIRISH
Tushida badandan qon oldirgan kishi doʻsti bilan shi
rin suhbat quradi. Yigit kishi qon oldirsa, raqiblaridan
ustun keladi va boyiydi. Tomiriga nishtar urdi|)ib qonini oqizgan kishi Xudodan qoʻrqadigan kishi boʻlsa, azoblardan qutuladi. Aksincha boʻlsa, xurmatli inson to- monidan jazolanadi. Qoʻlidan koʻp qon oqqanini koʻrgan kishi kasallikka yoʻliqadi. Oʻng qoʻlidan qon oldirgan kishi boy-badavlat boʻladi. Chap qoʻlidan oldirgan kishi- ning doʻstlari koʻpayadi. Biror kishining badanidan, ta- nasidan qon qolmaydigan darajada qon oqsa, u kishining ajali yaqin boʻladi. Badandan qon oldirish oʻqish, yozish va qoʻrquvni yengish, deb ham taʼbirlanadi. Qon olgan kishi keksa boʻlsa, yaxshi hisoblanadi. Mard kishi boʻlsa, izzat- hurmatdan darakdir. Ogʻzidan koʻp qon kelganini koʻrgan kishining qoʻliga koʻp mol-mulk tushadi, ammo yashirin siri oshkor boʻladi. Homilador ayoldan tushda qon olinishi farzandning tugʻilishiga ishoradir.
QUDUQ
Biror kishi tushida quduq koʻrsa, ilm va boylik egasi boʻladi. Quduqdan suv tortib ichsa, biror olim yoki boy kishidan naf koʻradi. Quduqdan olingan suvda choʻmilgan kishi azoblardan xalos boʻladi. Quduq suvi bilan idishni toʻldirgan kishi yashirin xazinani topadi. Tushda koʻrilgan quduq hiyla va biror kishini aldashga ishoradir. Shu sa- babli biror kishi tushida quduq qazilganini koʻrsa, kimgadir xiyla ishlatadi. Quduq qazigan kishi quduqqa kirgani- ni koʻrsa, boshqaga ishlatgan makri oʻziga qaytadi. Quduqqa tushganini koʻrgan kishi ogʻir ahvoldan qutuladi.
QUYON
Tushda koʻrilgan quyon ayoldir. Quyon ushlaganini koʻrgan kishi uylanadi. Tushida quyon soʻyganini koʻrgan kishining rafiqasi ham yashaydi. Quyon goʻshtidan terisidan, biror narsa olganini koʻrgan kishining xotinidan juda kam yaxshilik koʻradi. Qoʻliga quyon bolasi tushganini koʻrgan kishini xafagarchilik, musibat kutadi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!