Tushda quyosh koʻrsa nima boʻladi
Tushda quyosh koʻrish kishilarningahvoli, egallagan mansabiga qarab turlicha taʼbirlanadi. Siyosat bilan shugʻulanuvchi kishi tushida quyosh koʻrsa, boshqaruvda ishtirok etadi.
Tushda kuyesh
Shunday tush koʻrgan olim esa insoniyatga manfaati tegadigan kashfiyot qiladi. Tushida quyosh koʻrgan oddiy kishi baxtga, davlatga erishadi. Uylanish arafasida shunday tush koʻrgan kishi uchun bu quda tomonning asilzoda, hurmatli kishilar ekanini bildiradi. Quyoshni ushlagani, u bilan birlashib ketganini koʻrgan kishi siyosat bilan pgugʻulansa, yuqori martabaga erishadi.
Tushda quyosh chiqsa
Quyosh tutilganini koʻrish taniqli zotning vafotiga ishoradir. Bir yoʻla ikkita quyosh chiqqanini koʻrish yaxshilik alomati emas.
ESHAK
Tushida eshak koʻrgan kishi boylik va eʼtiborga erishadi. Urgʻochi eshak koʻrgan kishining hurmati ortadi. Eshak goʻshti yeganini koʻrgan kishi johil bandadan yaxshilik koʻradi. Eshak soʻyganini koʻrish yaxshi emas: yomon ishlar- ga aralashadi. Eshakdan yiqilish kambagʻallik, ajalning yaqinligi alomatidir.
Eshak insonning baxti, omadiga ishoradir. Eshakdagi nuqsonlar va fazilatlar qismatda aks etadi. Uzining eshagiga minganini koʻrgan kishiga barcha eshiklar ochiladi. Eshakning oʻlishi, sotilishi, oʻgʻirlanishi qiyinchilikka yoʻyiladi. Eshagi bilan gaplashganini koʻrgan kishi moli- dan xayr koʻradi.
Eshagining xachirga aylanganini koʻrgan kishi safarga chiqadi, safardan moʻmay daromad bilan qaytadi. Eshagidan tushgan va unda charchoq alomatlarini koʻrgan kishi ishlarini yoʻlga qoʻyishga qiynaladi. Eshak olim, deb ham taʼbir qilinadi. Urgʻochi eshak yaxshi hayot, yordamchi, serfarzand ayolga ishoradir. Eshakdan yiqilganini koʻrgan kishi kambagʻal boʻladi. Eshakning hangraganini koʻrish yaxshi emas.
ESHIK (DARVOZA)
Tushida eshik koʻrish kasb, tanlov, daromadga ishoradir. Tushida eshikning ochilishi yaxshilik, yopili- shi qiyinchilikdan darak hisoblanadi. Tushda eshikni taqillatish duo qilish, deb ham taʼriflanadi. Eshikning ochilishi duoning ijobat boʻlishidan darakdir.
Tushda uyi eshiksiz ekani koʻrish mard, tartibsizlikka ishoradir. Eshik yasash yoki eshikni qulflash oila qurish haqidagi taklif, uning qabul qilinishi ramzidir. Tushda darvoza koʻrish moʻl rizqdan darak beradi. Qalʼa darvozasi shahar
hokimidir. Uyida bir necha eshik borligini koʻrgan kishi tezda boyiydi. Eshik bilan bogʻliq tushlar eshikning hajmi, holati, kimga tegishli ekani maʼlum-nomaʼlum- ligiga koʻra taʼbir qilinadi. Darvozaning halqasi va dastasi xabarchi va xabardir.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!