Tushda echki koʻrsa nima boʻladi
Qoʻchqorning oʻlganini koʻrish mantiqli zotning vafotiga, uning soʻyilganini koʻrish shunday kishining oʻldirilishiga ishoradir. Goʻshtidan yeyilsa, molning tarqatilishidan darak boʻladi. Goʻshtning pishirilgani va undan yeyilganini koʻrgan kishi yaqin odamidan ayriladi, motamda qoladi.
Tushda qoʻzichoq
Qoʻy itoatkor xotin va oson erishiladigan halol rizqdir. Qoʻzichoq esa oʻgʻilning farzandi va murod hisoblanadi. Bulardagi hollar ularga nisbat berilib taʼbir qilinadi. Tushida qoʻy koʻrgan, uni soʻygan kishi hammadan ustun boʻladi. Qoʻyningterisini shilib, goʻshtini xomtalash qilgan kishining hurmati ortadi. Ammo boyligi qoʻldan ketadi. Qoʻchqorlarga ega chiqqanini koʻrgan kishi masʼul lavozimni egallaydi.
Qoʻchqorning terisinishilgan kishi boyiydi. Qoʻy boqqanini koʻrgan kishi katta boylikka ega boʻladi. Qoʻyni soʻyib goʻshtidan yegan kishi maqsadiga yetadi. Qoʻzichoq va uloq koʻrish farzand va foydali ishga ishoradir. Qoʻy goʻshti yeyish xafagarchilikdan darak beradi. Qoʻy goʻshtini chaynab turgan kishi taniqli zot bilan tanishadi. Qoʻyning kallasini yegan kishining umri uzoq, kelajagi porloq boʻladi. Goʻshtni yeyishni istamagan holda qoʻyni soʻyganini koʻrgan kishi bir qizga uylanadi. Uyidan qoʻy chiqqanini yoki oʻgʻirlanganini koʻrgan kishi turmush oʻrtogʻidan ayriladi. Qoʻyning qoʻzilashi moʻl-koʻlchilik, farovon hayotga ishoradir.
Tushda qoʻchqor
Tushda qoʻchqor ishonchli, obroʻli kishiga ishoradir. Qoʻchqorning junini olgan hurmatli kishi tufayli boyib ketadi. Goʻshtini yeyish niyati boʻlmagan holda qoʻchqorni soʻyish obro‘-eʼtiborli kishini yoki dushmanini oʻldirishga ishoradir. Qoʻchqorga mingani, qoʻchqor unga boʻysinganini koʻrgan kishi kuchli, bahaybat kishini magʻlub etadi. Biror kishi tushida qoʻchqor ustiga minib olganini koʻrsa, bahaybat, kuchli kishi zoʻravonlik bilan unga hukm oʻtkazadi. Shoxsiz qoʻchqor va egasidan ozod qilingan kishiga yoʻyiladi. Tushda koʻrilgan qora qoʻchqor qora kishiga, oq qoʻchqor esa oq insonga nisbat beriladi.
QOʻZICHOQ VA ULOQ
Tushda koʻrilgan qoʻzichoq ota-onasiga itoat etuvchi farzanddir. Barcha hayvonlarning bolalari tushda ular- ga ega boʻlganlar uchun xafagarchilikdir. Tushda koʻrilgan qoʻzichoq va uloq oilaning farzandini bildiradi. Tushida qoʻzichoq va uloq soʻyib goʻshtini yeganini koʻrgan kishining yoki uning qarindoshlarining farzandi dunyodan oʻtadi.
QUSHXONA (QASSOBXONA)
Tushda qushxona koʻrish yaxshilikka yoʻyilmaydi. Qushxona zulm, azob va qamoqxonaga ishoradir. Shuning uchun tushda qushxona koʻrgan kishi, agar ichkariga kirgan boʻlsa, qamalishdan yoki mirshab huzuriga chiqishdan saqlanishi lozim.
yurishi ham shun- day taʼbirlanadi.
QURBONLIK
Tushida dinda koʻrsatilgan hayvonlardan birortasini qurbon qilganini koʻrgan kishining nufuzi ortadi. Uni baxtli qiladigan ayolga uylanadi. Yoki kishilarga juda koʻp nafi tegadigan oʻgʻli boʻladi. Tushda Alloh rizosi uchun qurbonlik soʻyganini koʻrgan kishi asir boʻlsa, ozodlikka chiqadi. Biror ishni boshlagan boʻlsa, koʻp foyda koʻradi. Biron niyati yoki duosi bor boʻlsa, qabul boʻladi. Biror aʼzosi kam yoki nogiron hayvonni qurbonlik qilganini koʻrgan kishi qiyinchiliklarga duch keladi, ishi chala qoladi, bidʼatga beriladi. Odamlarga qurbonlik goʻshtini tarqatganini koʻrgan kishi gʻam-kulfatdan qutuladi, obro‘- eʼtibor topadi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!