Tushda yalongʻoch boʻlib qolsa nima boʻladi
Tushda kiyimsiz
Tushda yap- yalangʻoch boʻlish ayolning gap-soʻz bo‘ shidir. Badavlat kishi shunday tush koʻrsa, kasodga uchraydi. Oʻzini yalangʻoch koʻrgan xizmatchi ishdan boʻshatiladi. Erining yonida yap-yalangʻoch boʻlib yechinganini koʻrgan ayol ajrashadi.
Tushdagi yalangʻochlik qiynalib yashayotgan kishi uchun yaxshi,i moʻl-koʻlchilikda yashayotgan kimsa uchun yomondir. Oʻzini yalangʻoch koʻrgan va bundan uyalmagan kishi kambagʻallashadi, ammo imoni mustahkamlanadi. _
YARA (jarohat)
Tushda koʻril gan yaral arning taʼbiri turlichadir. Koʻkrak sohasi va yurakdagi yara yoshlar uchun muhabbat; keksalar uchun xafagarchilik, deb taʼbir qilinadi. Oʻng qoʻlining bosh barmogʻida koʻrilgan yara tush koʻrgan kishining qarzi va unga qarshi toʻldiriladigan hujjatdir.
Oʻzidagi yaraning oqqanini koʻrgan kishining qarzi borligi maʼlum boʻladi. Tushida tanasida jarohat borligini koʻrgan kishi- ni noxushlik kutadi. Biror kishining jarohatlanganini koʻrsa, jarohatlanuvchidan biror yomonlik yotadi.
yasmiq
Tushda koʻrilgan yasmiq safarga chiqqan kishining yurtidagi rizqidir. Yasmiq halol molga ishoradir.
yaxshilik
Tushda yaxshilik qilganini koʻrgan kishi tavba qiladi yoki oila aʼzolari, qarindoshlarini borib koʻradi. Kambagʻallarga sadaqa beradi. Tushda yaxshilik qilish zo- limlarning ishdan olinib, odil kishilarning tayinlanishiga ishoradir.
yashin
Tushda yashin tushgan joyda azob boʻladi. Yashinni koʻrish yoki yashin tushishi oʻlim, deb taʼbir qilinadi. Bog‘-rogʻlarga ketma-ket tushgan yashinlar ofat, balo-qazo, soliq, zulm va fasodning kelishiga ishoradir.
yurak
Tushida yurak koʻrgan kishining qahramonligi, buyruq berishi, oʻyin oʻynashi, jasoratiga, aqlli, zakiy, saxiy boʻlishiga ishoradir. Yuragining oʻgʻirlangani va juda qoʻrqqanini koʻrgan kishi aqldan ozadi. Chiqarilgan yurak yuvilib, qayta joyiga qoʻyilsa, avliyo boʻladi.
Qalb bilan bogʻliq tushlar juda kam koʻriladi. Chunki bunday tushlar- ning oʻrtasi yoʻq. Dunyoda yo oxiratda insonning; baloning; ezgulikning soʻnggi haddiga yetishini ifoda etadi. Yarador yurak butun insoniyatga mehrini bildiradi. Yurak inson- ning dini va zakosidir.
Shu bois biror kishi qalbida koʻz borligini koʻrsa, u kishining aql-zakovatiga, farosatiga, eʼtiqodiga, notiqligiga ishora qilingan boʻladi. Biror kishi qalbida illat borligini koʻrsa, shu kishining munofiqligiga ishora qilingan boʻladi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!