💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Boy boʻlishning 20 ta oltin qoidasi

1 daqiqa 2.9K marta oʻqildi
Boy boʻlishning 20 ta oltin qoidasi
Hayotimiz davomida omadli insonlarni koʻp uchratamiz va ularning muvaffaqiyatiga havas bilan qaraymiz. Bunday paytlarda hayolingizga “Qani edi, men ham shu insonga oʻxshasam” degan fikr kelishi shubhasiz. Ammo bu kabi muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar qilish kerak ekanligini bilamizmi? Bugun sizga hayotda yuksak choʻqqilarni zabt etgan va barchaga taniqli millionerlarning sirlari haqida hikoya qilamiz.

1. Odamlarga oʻzlari kutganidan ham ortiqroq berishga harakat qiling va albatta bu ishni tabassum bilan amalga oshiring.

2. Eshitganlaringizning barchasiga ham ishonavermang, topgan pulingizni havoga sovurmang, qancha xohlasangiz shuncha uxlash ham mumkin emas.

3. Odamlardan kechirim soʻrash vaqtida ularning koʻzlariga qarang.

4. Atrofdagi insonlarga mehrli boʻling.5. Oʻzga insonlarning orzusi ustidan sira ham kulmang.

6. Tortishing, bahslashing, ammo ushbu munozaralarni janjalga aylantirib yubormang.

7. Sekin soʻzlab, tez oʻylang.

8. Siz javob berishni istamagan savolingiz bilan murojaat qilishsa, jerkib tashlamang, aksincha tabassum bilan “Nima uchun buni bilishni istaysiz?” deya javob qaytaring.
Boy boʻlishning 20 ta oltin qoidasi9. Yodda tuting: Buyuk sevgi va ulkan gʻalaba sizdan xuddi shunday hajmdagi tavakkalni talab qiladi.

10. Uch narsani unutib qoʻymang: oʻzingizni hurmat qiling, oʻzgalarga hurmat bilan munosabatda boʻling, ishingizni sidqidildan bajaring.

11. Mayda narsalar tufayli mustaxkam aloqalarni uzmang.

12. Telefon qoʻngʻirogʻiga tabassum bilan javob bering, suhbatdoshingiz buni ovozingizdan tez faxmlaydi.
Boy boʻlishning 20 ta oltin qoidasi13. Yodingizdan koʻtarilmasin: baʼzan sukut saqlash eng yaxshi javob boʻladi.

14. Televizorga emas, kitobga koʻproq eʼtibor qarating.

15. Oʻzingiz istagancha yashang! Yoshingiz oʻtib, sarhisob qilish uchun ortga qaraganingizda yashab oʻtgan hayotingizdan dilingiz yayrasin.

16. Sevgan mashgʻulotlaringiz bilan shugʻullaning.
Boy boʻlishning 20 ta oltin qoidasi17. Bir yilda bir marta bormagan joylaringizga sayohat qiling.

18. Erishgan yutuqlaringizni qilgan qurbonligingizdan ustun qoʻya biling.

19. Yetti oʻlchab, bir kesing.

20. Oʻylagan niyatingizga erishishdagi eng asosiy sir – bu maqsadga oʻzingiz ham ishonishingizdir. Odam oʻz maqsadiga va orzulari roʻyobiga ishonsa, u albatta ijobat boʻladi.
Boy boʻlishning 20 ta oltin qoidasi
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!