💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Uydan chiqmay turib xorijiy til oʻrganish uchun zarur tavsiyalar

2 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Uydan chiqmay turib xorijiy til oʻrganish uchun zarur tavsiyalar
Ayni vaqtlari karantin sharoitida vaqtingizni samarali va foydali usulda sarflash fikriga qanday qaraysiz? Buning uchun chet tillarining birini tanlab olish va uni oʻrganishga kirishishni tavsiya etamiz.

Tan olish kerakki, aksariyat insonlar xorijiy tillarni yaxshi bilsalar ham, ogʻzaki soʻzlashuvda anchagina ortda qolishadi. Til grammatikasini mukammal darajada bilishingiz mumkin, ammo mazkur tilda suhbatlashish davomida koʻplab muammolarga duch kelishingiz bejizga emas. Xorijiy tilda hech bir muammosiz soʻzlashish va bu ishni uydan tashqari chiqmagan holatda amalga oshirish mumkin, buning uchun quyidagi tavsiyalar sizga qoʻl keladi.
Uydan chiqmay turib xorijiy til oʻrganish uchun zarur tavsiyalar1. Shu tilda soʻzlashuvchi odamni toping
Internet olamida dunyoning turli burchaklarida yashovchi insonlar bilan tanishish imkoniga egasiz. Oʻzingizga kerakli va qulay boʻlgan ilovani yuklab olgancha, oʻrganmoqchi boʻlgan tilingizda soʻzlashuvchi inson bilan doʻstlashing. Yangi doʻstingiz bilan imkon qadar koʻproq suhbat qurgancha xatolaringiz ustida ishlashni ham oʻrganasiz.
Uydan chiqmay turib xorijiy til oʻrganish uchun zarur tavsiyalar2. Audioxabar yozamiz
Baʼzi murakkab soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila olmay qiynalasizmi? Unday boʻlsa telefon orqali audioxabarlar yozib oling va ularni bir necha bor qaytadan tinglang. Eng muhimi, xatolardan qoʻrqmasangiz bas!
Uydan chiqmay turib xorijiy til oʻrganish uchun zarur tavsiyalar3. Audiokitoblar tinglang
Audiokitoblar tinglash ham ogʻzaki nuqtni rivojlantirishdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Kitobni tinglash davomida soʻzlarning qay usulda talaffuz qilinishiga eʼtibor bering.
Uydan chiqmay turib xorijiy til oʻrganish uchun zarur tavsiyalar4. Oʻzingiz bilan gaplashing
Vaqti-vaqti bilan xorijiy tilda kuningiz qanday oʻtgani haqida oʻzingizga soʻzlab bering, turli matnlarni bor ovozingizni chiqarib, oʻqishga harakat qilib koʻring.
Uydan chiqmay turib xorijiy til oʻrganish uchun zarur tavsiyalar5. Soʻz yodlang
Lugʻat boyligi har qanday tilni oʻrganishdagi birlamchi omillardan hisoblanadi. Shu sababli yangi soʻzlarni oʻrganib, ularni imkon qadar toʻliq jumlalar bilan qoʻllashga harakat qiling.
Uydan chiqmay turib xorijiy til oʻrganish uchun zarur tavsiyalar6. Sheva, jumla, maqol va iboralar...
Bu xorijiy tilni oʻrganishdagi yana bir muhim jihat ekanligini unutmang. Turli maqollar, iboralar, shevaning oʻziga xos jihatlarini oʻrganib olish orqali, nuqtingizning qiziqarli boʻlishiga erisha olasiz.
Uydan chiqmay turib xorijiy til oʻrganish uchun zarur tavsiyalar7. Filmlar tomoshasi
Baʼzan xorijiy tilda musiqa tinglash, baʼzan esa film tomosha qilish ham uni oʻrganish uchun katta yordam beradi. Balki filmdagi soʻzlarning teng yarmini tushunmassiz, biroq ularning qanday talaffuz qilinishi asta-sekin siz uchun odatiy holatga aylanadi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!